Bahor fasli haqida sherlar. Ushbu bahor haqida she’rlar bolajonlar va katta yoshdagi o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Bemalol o’rgansalar bo’ladi.
Bugun tunda kelarmish bahor.
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzum qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni –
Tushda bashing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istorangdan olganca ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yo‘mg‘irlarin yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Tabiat yaratgan Baxor uzingiz,
Oila bogʻida gulzor uzingiz,
Jannatda taralgan ifor uzingiz,
Bugun poyingizda zaminu falak,
BAHORingiz bo’lsin muborak
Keldi bahor – Bahor fasli haqida sherlar
Keldi bahor gul bahor
Erib biti opoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Suvlar oqar shildirab
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar Yayrashar
Sho’h bulbular yayrashar.
Xush kelding bahor.
Xush kelding Bahorim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik lolayu bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring…
“Azizlarim, Navro‘z muborak”
Bodom gulin to‘kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Atlas ko‘ylak yarashgan qizlar,
Bir-biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Shodligim hech ichimga sig‘may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko‘chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg‘och ham kelibdi qarang,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Yashayapmiz go‘zal bo‘stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navro‘z O‘zbekistonda,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Navro’zi olam keldilar.
Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qoshi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!
Navro’zingdan aylanay.
Bahoringa biram yarashgan
Har insonga mehr ulashgan.
Sumalakka,halimga shoshgan
Navro’zingdan aylanay sening!
Gullolalar tizilgan marjon
Omonlikka yetsinda har jon.
Yuraklarda ajib hayajon
Navro’zingdan aylanay sening!
Zilol suvga to’lar ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Sevaralar va Go’zaloylar
Ko’rinishar ochib chiroylar.
Maftunalar bayramni poylar
Navro’zingdan aylanay sening!
Iymoni but Imonaxonlar
Kutdi seni qumsab bahorlar.
Chechak ochdi so’lim naxorlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla qarindoshlar jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening!
Yor-yor aytib keldi bahor.
Zar doʻppilar yarashardi boshingizga,
Surma surib yurardingiz qoshingizga,
Toʻlmay turib eh, oʻn sakkiz yoshingizga,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Yosh edingizgiz, gʻoʻr edingiz bir nafis gul,
Tol bargidan sochlar yasab yurgan sumbul,
Bogʻingizda ne dard bilan sayrar bulbul,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Bahor keldi, ikkimizga keldi alam,
Siz meniki boʻlmadingiz dunyo bir kam,
Biror marta yuzingizdan oʻpmadim ham,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Koʻylagingiz bezaydimi qaldirgʻochlar,
Ofton chiqsa yaltiraydi qoʻngʻir sochlar,
Sizni arzon sotdibdi-da koʻzi ochlar,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Bahor haqida sher 4 qator
Bulbul roz boshladi, gullar esa noz.
Eng go’zal pardada yangrayapti soz.
Bune mo’jiza deb hayronlar bo’lmang.
Bahor keldi do’stlar bu go’zal bahor.
Men bahorni so‘ginganim rost.
Jondan o‘tdi qishning qahri ham,
Sovuq kunlar qiynaydi biroz.
Yayrab quyosh ko‘rsaydi tanam,
Men bahorni so‘ginganim rost.
G‘urib bo‘lish jonimga tegdi,
Qorlardan ham zerikkanim rost.
Gullar hidin hidlagim keldi,
Men bahorni so‘ginganim rost.
Boshdan shapka tushmaydi hech ham,
Qahraton qish ko‘chalar ayoz.
Qishni yomon ko‘rmayman ammo,
Men bahorni so‘ginganim rost.
Zerikish bor, svet ham o‘chik,
Tunda zulmat qiynaydi xolos.
Qishlog‘imni sevaman biroq,
Men bahorni so‘ginganim rost.
Tunlar uzun, tonglar otmaydi,
Shu qish fasli shaharlarga mos.
Shaharda gaz, svet o‘chmaydi,
Men bahorni so‘ginganim rost.
Zulmat bosgan tun kechalarda,
Bir sham bilan ovunganim rost.
She’r ham bitdi, shamim ham erib,
Men bahorni so‘ginganim rost.
Varrak uchganda.
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik Navro’z.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik Navro’z
Bahor – Bahor fasli haqida sherlar
Biz kutgandik bahor taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
So‘gingandik bahor faslini,
Qarang bahor isi sezildi.
Qarang qushlar ovozi jarang,
Ko‘z quvntar ko‘m-ko‘k maysalar.
Ochilmoqda gullar rang-barang,
Bahor go‘zal, ayting, qanchalar?
Eh, bahorni o‘rni bo‘lakcha,
O‘xshamaydi hech bir faslga.
Bahordagi gullar o‘zgacha,
Mast bo‘lasiz gullar hidiga.
So‘gingandik bahor faslini,
Qarang bahor yo‘qlab kelibdi.
Najot berib mayin shabboda,
Qarang ko‘kda varrak uchibdi.
Biz kutgandik oftob taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
So‘gingandik bahor faslini,
Qarang bahor isi sezildi.
Oqshom xayrli bo’lsin.
Qalbi qorday oqlarga,
Samimiy, quvnoqlarga.
Bedorlar, uyғoqlarga
Oqshom xayrli bo‘lsin!
Shukri behisoblarga,
Qalb ko‘zi oftoblarga.
Alplar, mohitoblarga,
Oqshom xayrli bo‘lsin!
Osuda tun qarshilar,
Sizga mehrim baxshida,
Ko‘ngildoshim, yaxshilar,
Oqshom xayrli bo‘lsin!
Jilmayib turipti bahor.
Har yili men uchun
azizdir bu kun,
Bu kunda quvonchin
bitmaganlar bor.
Zamondosh, shukrona
keltiring ilhaq,
Bu kunga yetganu
yetmaganlar bor,
Qarshimda jilmayib
turibdi, Bahor!
Har yili men uchun azizdir bu kun,
Quvonch ila to‘lar yurak, har tun.
Bu kunda shukrona aytar har jon,
Kimdir yetdi, kimdir qoldi armon.
Bahor jilmayib qarshimda turar,
Ko‘nglimda armon va quvonch ular.
Shukr aytaylik bu go‘zal damga,
Yetmaganlar bordir bu fasllarga.
Ey zamondosh, unutma hech vaqt,
Har tong nasiba – Ollohdan in’om.
Shukrona keltirgin, samimiy bo‘lgin,
Bahor kulib turar, sen ham kulgin!
Navzo’z muborak.
Qadimiy bayramdir,ko’hna an’ana,
Yurtimda boshlanar to’yu-tantana.
Bir-birin qutlashar do’stlar do’stona,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Qaldirg’och qanotda baraka olib,
Olamni yashatib,yurtni yashnatib,
Yurakni yangilab ,dilga qo’r solib,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Ona yer taftidan g’uncha gul ochar,
Gullar qo’shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach,bolari qochar,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bahorga o’xshagan suluv kelinchak,
Dala-qirlaringdan terar gul-chechak,
Go’zal tilak aytib kavlar sumalak,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Zumrad bahor iliq nafasin olgan,
Gulu-lolalarga poyondoz solgan,
Ko’ngilni yashnatib biz bilan qolgan,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bahor haqida matn.
Bahor – yilning eng go‘zal va zavqli fasllaridan biri bo‘lib, tabiatning uyg‘onish davridir.
- Bahorda daraxtlar kurtak yozib, yam-yashil libosga burkanadi.
- Gullar ochilib, atrof muattar hidga to‘ladi.
- Qushlar yana o‘z yurtiga qaytib kelib, xushovoz kuy taratadi.
- Havo iliqlashib, tabiat jonlanadi va insonlarga quvonch ulashadi.
- Bahorda yomg‘irlar yog‘ib, yerga hayot baxsh etadi.
- Dehqonlar dalaga chiqib, ekin ekish ishlarini boshlaydilar.
- Bu faslda insonlar sayr qilishni, bog‘ va bog‘chalarda dam olishni yoqtiradilar.
- Navro‘z bayrami bahorning eng quvonchli kunlaridan biri bo‘lib, milliy an’analar bilan nishonlanadi.
- Bahorda insonlarning kayfiyati ko‘tarilib, yangi rejalar qilishga ishtiyoq paydo bo‘ladi.
- Tabiat uyg‘onib, yangi hayot boshlaydi – bahor tiriklik va yangilanish ramzi hisoblanadi.
Shu kabi sherlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi.