25 may so’nggi qo’ng’iroq sherlar. 25 may uchun atalgan sara sherlar to’plami.
25-may sherlari.
Qo‘ng‘irog‘ing jaranglashin kutayapmiz,
Endi seni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo‘lib ketayapmiz,
Diydoringga to‘yib to‘yib olay maktab,
Yana bir kun quchog‘ingda qolay maktab.
Qadring bilmay o‘tib ketdi o‘n bir yil ham,
Hayotimda quvnoq kunlar,eng shirin dam,
Bugun o‘sha quvnoq quvnoq ko‘zlarda nam,
Diydoringga to‘yib to‘yib olay maktab,
Yana bir kun quchog‘ingda qolay maktab.
Sog‘inamiz endi tinmay do‘st o‘rtoqni,
Takrorlanmas hayotda eng go‘zal chog‘ni,
Chalmay turgin do‘stim bir oz qo‘ng‘iroqni,
Diydoringga to‘yib,to‘yib olay maktab,
Yana bir kun quchog‘ingda qolay maktab.
Gapga kirmas,to‘polonchi bo‘ldik shayton,
Goho bilmay ko‘ngillarni qildik vayron,
Ustozimdan uzr so‘rab olay bir on,
Diydoringga to‘yib, to‘yib olay maktab,
Yana bir kun quchog‘ingda qolay maktab.
Hayajondan yonayapman,ko‘zimda yosh,
Xayol surib partalarga qo‘yay bir bosh,
Endi qachon ko‘rishamiz ey sinfdosh,
Diydoringga to‘yib,to‘yib olay maktab,
Yana bir kun quchog‘ingda qolay maktab.
Endi seni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo‘lib ketayapmiz.
Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi,
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar,
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar,
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa endi,
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq»,
Nelar kutmoqda bizlarni hali,
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Nahot tark etmoqda sho’xlik davrimiz,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Tavsiya etamiz : Boshqa sherlar to’plami
Informartika