9-may uchun sherlar. Ushbu maqolada 9-may xotira va qadrlash kuniga atab bir nechta she’rlarni bo’ladiganlarini joylashtirdik. Marhamat ulardan zavqlaning.
9-may uchun sherlar
9-may tongotar.
O’zbek o’g’loni.
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loni
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida
Nogahon o’q tegib janglar mahali
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyidaEshitdim fashistga qarshi chiqibsan
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon
Janglarda mardu mardon turibsan
Nomsiz tepalikda o’n bir qahramonFrontda bormikan dardingni tinglar
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib
Yotganda izg’irin qahraton tunlar
Janoning o’rniga shneling quchib
Do’sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan
Yurgandir frontda yerlarni tepib
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o’sha yo’l
Yo’lni eslatsam balki kelarmidingiz
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan
Endi qayerlarda qolding sen inim
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim
Qayerlarga ketding yurtingdan nari
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol
Unutma yurtingni boylik Gavhari
Otangdan qolgan dalalaring bor
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib
Minglab yetimlarni boqding uyingda
O’zingni bolangni frontga berib
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush
Hanuz Kechalari o’ylayman biroq
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq
Necha o’g’lon, necha pahlavon
Ketdingiz bedarak na nom na nishon
Atashar sizlarni nomalum askar
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon
Bobo deymi, ota? Nima deb atay
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim
Mayli hammangizni og’a deb atay
Og’alar sizlarni rosa sog’indim.
Xotira va qadrlash kuni muborak.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʼurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Koʼkarsa — ikkiga boʼlib tashlaydi
Yoʼlining ustida tursa hatto togʼ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgʼiz sen haqli!
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami.