9-may xotira va qadrlash kuni sherlar

9-may xotira va qadrlash kuni sherlar

9-may xotira va qadrlash kuni sherlar. 9-may uchun ajoyib saralangan she’rlar to’plami. Yuklab oling va ularni yod oling.

9-may xotira va qadrlash kuni sherlar.

Xotira aziz,
Qadrlash — mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu.

Ular biz uchun,
Yashab kurashgan.
Bizga xotira,
Mangu xotira.

Ajdodlar yodi,
Dildan qo‘ymaymiz.
Metin sabotin,
Tildan o‘ymaymiz.

Ular biz uchun,
Yashab kurashgan.
Bizga xotira,
Mangu yarashgan.

Bobolar ruhi,
Bo‘lsin bizga yor.
Ulardan meros,
Yurt doim obod!

Ular biz uchun,
Yashab kurashgan.
Metin sabotin,
Tildan qo‘ymaymiz.

Tavsiya etamiz: Xotira haqida she’rlar.

9-may bayrami.

Qadr bog‘iga,
Tashlaymiz qadam.
Ajdodlar ruhi,
Xotirlab har dam.

Xotira – aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu.

O‘tganlar yodin,
Dildan qo‘ymaymiz.
Metin sabotin,
Tildan qo‘ymaymiz.

Xotira – aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu!

Bobolar ruhi,
Bo‘lsin doim shod,
Ulardan meros,
Yurt doim obod!

Xotira – aziz,
Qadrlash mangu.
Bizlar yosh avlod,
Ahdimiz ezgu!

2 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting