Bahor haqida sherlar

Bahor haqida sherlar

Bahor fasli haqida sherlar. Bahor haqida sher 4 qator. Bahor — yilning eng go‘zal va jonli fasllaridan biri. Bu fasl odatda kuz va yoz o‘rtasida, martdan iyunga qadar davom etadi. Bahorda tabiat uyg‘onadi: daraxtlar yangi barglar bilan qoplanadi, gullar ochiladi va hayvonlar qaytib keladi.

Bahorning xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Iqlim o‘zgarishi: Bahorda havoning harorati asta-sekin ko‘tariladi, sovuq kunlar kamayadi, va bu o‘z navbatida tabiiy muvozanatni tiklaydi.
  2. Gullar va o‘simliklar: Bahorda gullar ochiladi va o‘simliklar o‘sishni boshlaydi. Bu o‘zgarishlar ko‘pincha rang-barang gulzorlar va yashil landshaftlarni yaratadi.
  3. Hayvonlar: Bahorda ko‘plab hayvonlar uyqusidan uyg‘onadi, yangi tug‘ilgan kuchukchalar va mushukchalarning ko‘payishi kuzatiladi.
  4. Ekin ekish va bog‘dorchilik: Qish davomida davom etgan uyqusiz vaqtlar tugaydi, bog‘bonlar va fermerlar yangi ekinlar ekish va bog‘larni parvarish qilish uchun faoliyat boshlaydi.
  5. Bayramlar: Bahorda ko‘plab madaniy bayramlar va festivallar o‘tkaziladi. Masalan, Navro‘z (bahor bayrami) Markaziy Osiyoda keng nishonlanadi.

Varraklar

Xursand uyg‘onardim bahor chog‘lari,
Tongdan bo‘lar edi ko‘zim osmonda.
Shamol silkitganda terak shoxlarin,
Quvonchimning cheki bo‘lmasdi manda.
Yangi kelin kabi tomda chuchmoma,
Yal-yal yonar edi lolaqizg‘aldoq.
Lojuvard dengizdek bepoyon samo,
U ne bahor edi! U ne go‘zal chog‘!
Varraklar kuylardi shamolda jo‘shib,
Men tomda tinglardim chalqancha tushib.

Bahor shamoli – Bahor haqida sherlar

Bahor kelayotir,
Toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.
Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.
Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.
Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.

Bahor keldi seni so’roqlab – Zulfiya.

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi,
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq.

So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga,
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.

Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:

Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab,
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?

O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga,
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida,
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.

Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

Ko’klamoyim – Muhammad Yusuf.

Sochimda oq, men bahordan o‘tindim:
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

 

Kel-da endi sog‘intirmay odamni,

 

Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,
To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim!

Abdulla Oripov sheri – Sen bahorni sog’inmadingmi?

Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.

Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!

Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!

Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!

Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,

Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!

Bahor haqida sherlar – Erta bahor.

Ko‘k, moviy… Unda-bunda
Bulutlar asta yozar
Kumush qanotlarini.
Iliq, yoqimli kunda
Erkin o‘ynaydi qushlar
Chizib sirli xatlarni.
Ariq yoqalaridan
Yashil ko‘zli boychechak
Jimgina mo‘ralaydi.
Go‘zal bog‘chamda har yon
Ko’klamning mayin, ipak
Nafasi tarqaladi…

Bahorim – bahor haqida qisqa sher

Tabiat qoʻli gul sanʼatkor,
Tuhfasi, husni ham betakror,
Yasharish, uygʻonish senda bor,
Oʻlkamga xush kelding, bahorim.
Daraxtlar shoda dur taqibdi.
Bu ziynat dillarga yoqibdi,
Qizgʻaldoq jilmayib boqibdi,
Oʻlkamga xush kelding, bahorim.
Shoir sheʼridagi gʻuluvsan,
Oy yuzli qizlardek suluvsan,
Bunchalar betakror boʻlursan,
Oʻlkamga xush kelding, bahorim.
Har yilgi tashrifing hikmatdir,
Shifobaxsh giyohlar himmatdir,
Navroʻziy taomlar neʼmatdir,
Oʻlkamga xush kelding, bahorim!

Sevgi fasli bahor yetib keldimi.

Yomg‘irlaru gohi iliq kun bilan,
Yulduzlarga to‘la sokin tun bilan,
Hamroh bo‘lib do‘stim senu mem bilan,
Sog‘inch fasli bahor kirib keldimi.

Ilk sevgining iforini taratib,
Dalalaru qirlariga qaratib,
Go‘zal qizlar kulgularin yangratib,
Sevgi fasli bahor kirib keldimi.

Bahor keldi, kelmoqda navro‘z

Bahorim sog‘indim Bahor guli

Erta bahor uni ko’rdim,
Bir ko’rdimu uni sevdim.
Bir tuyg’uni qalbga tuydim,
Sevgan jonim Bahor guli.

Har bahorni intiq kutdim,
Bahor gulni ko’rgach kuldim.
Kuz kelmasin deya yurdim,
Sevgan gulim Bahor guli.

Kuz kelganga bahor ketdi,
Nega bahor tashlab ketdi?
Qish yuragim ezib ketdi,
Kuygan gulim Bahor guli.

Bahor keldi – Bahor haqida sherlar

Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.

Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.

Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar,
Terib oling bolalar.

Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar,
Chuchmomalarni izlar.

Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar,
Bizni kutar o‘rtoqlar.

Ushbu sherlar savollar-javoblar.com saytidan olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting