14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar

14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar

14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar. 14-yanvar o‘zbek xalqining milliy bayrami – Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunda milliy armiyamizning tashkil etilishi va harbiy xizmatchilarning sharafli mehnati yodga olinadi. O‘zbekiston xalqining himoyachilari va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qilayotgan barcha askar va ofitserlar e’tirof etiladi.

14-yanvar kuni sherlar – 14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar.

14-yanvar kuni sherlar - 14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar.

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!

Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!

Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak
Qatorda noringni asra hamisha.

Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!

Askarlar haqida sherlar Vatan haqida sherlar

Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir.

Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.

Erkak bor, bog‘larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin kizg‘anmas do‘sti, yoridan.

Dasturxon qutligi – ular mehnati,
Ustimiz butligi – ular himmati.
Farzandlar chirog‘i – ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Yigit boshi omon bo’lsin.

Qay makonda qay tomonda,
Tinimi yo‘q shom azonda,
Ne bo‘lsa xam issiq jonda,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Doim deydi uyim joyim.
Xalol mexnat qilsin doim,
Rizqin ulug‘ qil xudoyim,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Boshi g‘amdan egilmasin,
G‘urursiz orsiz bo‘lmasin,
Yigit xech qachon sinmasin,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Asra taqdir xatosidan,
Saqla shayton ig‘vosidan,
Ota ona duosidan,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Nasib et bir vafoli yor,
Xamrox bo‘lsin baxt-u iqbol,
Doim bo‘lsin to’leyi yor,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Ey yaratgan karami keng,
Sen barchaga barobar teng,
Shu o‘tinchim avvalo eng,
Yigit boshi omon bo‘lsin.

Mag’rur askar – 14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar.

Mag'rur askar - 14-yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar.

Ko‘zingizning qarosiday saqlagaysiz,
Yurt ishonchin iymon qadar oqlagaysiz,
Qo‘riqlaysiz shomu sahar dilda Vatan
Nomus-ori, e’tiqodi but ASKAR.

Karvonboshi suyangaydir Siz-mardlarga,
Siz bermaysiz elingizni «chang-gard»larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan,
Siz jasursiz xamda mag‘rursiz ASKAR.

Siz Vatanga yarashgaysiz, olgumdir tan,
Vatan sizga yarashgaymi yo ASKAR?
Qiziqtirmas o‘zga narsa, yo gulbadan,
Orzuingiz OMON bo‘lsa bo‘ldi Vatan.

Siz shu yurtning ahdi baland o‘g‘lonisiz,
Siz borsiz-ki, behavotir qo‘rg‘onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan-
Siz borsiz-ki, hadigimiz yo‘q ASKAR!.

Ulug’imsan vatanim sherlar Askarlar haqida sherlar

O’zbekiston yurtimiz.

Mart ôg’lonlar turar tôp,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig’dek asrar xôp,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Har bir ôg’lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
Ôz uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo ôzbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.
Ôzbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yutimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimi.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
Ôzbekiston yurtimiz.

14-yanvar sherlar.

Yigitlar halqlarning maktovi-ko‘rki
Naslning javhari, davlat tayanchi,
Yurtning obodligi, to‘ylar sababi,
Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.
Yigit omon bo‘lsa, xavfu-xatar yo‘q,

Qalqon bor, qal’a but, qo‘rg‘on salomat,
Qizlar kulgusida avju daromad,
Chollar uyqusida jannat, farog‘at

Ushbu sherlar googol.uz saytidan olindi. Pastda o’z fikringizni bildiring.

17 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting