Askarlar haqida qisqa sherlar

askarlar haqida sherlar qisqa

Askarlar haqida qisqa sherlar. Askarlar haqida sher bolalar uchun. Harbiylar haqida sherlar bolalar uchun 4 qator.

Askarlar haqida qisqa sherlar.

Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay –
El-u yurtim degan, ko‘ksi qalqonlar,
Mudom sharaf-u shonga burkangay –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Yuragida nomus bo‘lar, or bo‘lar,
Mag‘rurlikda lochin bo‘lar, sor bo‘lar,
Orzulari tog‘dek ulug‘vor bo‘lar,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Bo‘stoniga quzg‘un-zog‘ni yo‘latmas,
Qo‘rg‘onining bir toshin ham qulatmas,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Suvlar kechsa hamki, etik yechmagay,
Yovuzlarning hiylasiga uchmagay,
Jondan kechsa hamki, yurtdan kechmagay,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

Toki bordir, mard, jasur posbonlari,
Musaffodir hur Vatan osmonlari.
Omon bo‘lsin, el fidoyi jonlari –
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.

O’zbek askari.

Qadamingdan o‘t chaqnar
liboslaring yarashar,
Ko‘rganlar xavas qilar-
O‘zbekiston Askari!

Sen o‘zo‘rning sardori
Ximoyangda yosh-kari
Sergak turgin, charchama,
O‘zbekiston Askari!

Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning-
O‘zbekiston Askari!

Ardoqlagin Vatanni
Bag‘ishlab jonu tanni
Yo‘latmagin dushmanni
O‘zbekiston Askari!

Ozod yurtim bor, deb ayt
Yuzing yorug ‘bo‘lib qaytdi,
Faxr aylab bitgum bayt-
O‘zbekiston Askari!

Vatan haqida sherlar

Vatan himoyachisi – askarlar haqida sherlar bolalar uchun

Mening akam harbiydir,
Vatan himoyachisi.
U jangovor komandir,
Uchqichning uchuvchisi.

Vatan sarhadlarini
Qo’riqlashar kunu tun.
Yov tumshug’in tiqolmas,
Yo’llari to’siq butun.

Men qahramon akamga,
Doim havas qilaman.
Voyaga yetsam agar
Men ham harbiy bo’laman.

14-yanvarga ataladi.

Мард-у, майдонмиз Ватан,
Бир тан-у, жонмиз Ватан,
Биз Темур авлодлари,
Сенга посбонмиз Ватан.

Буюкликдир аҳдимиз,
Шамолдайин шахтимиз,
Ватан эрур фахримиз,
Сенга посбонмиз Ватан.

Сенга фидо жонимиз,
Муқаддас қўрғонимиз,
Тинч бўлсин осмонимиз,
Сенга посбонмиз Ватан.

Жалолиддин, Бобуршоҳ,
Тўмарис улуғ Широқ,
Мададкор бизга ҳар чоқ,
Сенга посбонмиз Ватан.

Мағрур осмон бошимиз,
Тоғлардек бардошимиз,
Порлоқдир қуёшимиз,
Сенга посбонмиз Ватан.

Жонимиздек сақлаймиз,
Хурлигингни ёқлаймиз,
Ишончингни оқлаймиз,
Сенга посбонмиз Ватан.

Сен жон-у, жахонимиз,
Сен шавкат-у, шонимиз,
Сенга фидо жонимиз,
Сенга посбонмиз Ватан

Vatan himoyachilari sherlar

Askarlarga tabriklar.

1. Vatan himoyachilariga faxr!
Siz, mard va fidoyi o’g’lonlar, Vatanimizning mustahkam qal’asiz! Bizning osuda va xotirjam hayotimiz uchun qilgan xizmatlaringiz unutilmas va ulug’vor. Jasoratingiz va sadoqatingiz barchamizga o’rnak bo’lsin! Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz himoyachilar!

2. Qahramonlarimizga cheksiz minnatdorchilik!
Aziz harbiylar! Sizning fidokorliklaringiz sabab xalqimiz tinchlikda yashamoqda. Har bir amalingiz va qadamlaringiz Vatan ravnaqi uchun yozilgan tarixdir. Sizga baxt, kuch va ruhiy sokinlik tilaymiz. Bayramingiz muborak, aziz Vatan posbonlari!

Tilaklar – askarlar haqida sherlar qisqa.

1. Tinchlik va farovonlik tilayman!
Aziz himoyachilar! Har bir kuningiz tinchlik va xotirjamlik bilan o’tsin. Vatan himoyasidagi xizmatlaringizga kuch-quvvat va sog‘lik tilayman. Doimo omon bo‘ling!


2. Oila va baxtingiz bardavom bo‘lsin!
Harbiy hayotingizda bardavom yutuqlar, oilangizda esa quvonch va baxtli lahzalar doimiy bo‘lsin! Siz kabi jasoratli insonlarga Vatanimiz har doim ehtiyoj sezadi.


3. Har doim kuchli va mard bo‘ling!
Sizning irodangiz, matonatingiz va fidokorligingiz har bir yurtdoshimiz uchun faxrdir. Yo‘lingizda muvaffaqiyatlar doimo hamrohingiz bo‘lsin!


4. Vatanning kuchli tayanchlariga!
Har qadamlaringiz omad bilan to‘lib-toshsin. Siz kabi mard insonlar tufayli osmonimiz doim musaffo. Qalbingiz har doim ilohiy kuch bilan to‘lsin!

Ushbu sherlar savol-javob.com saytidan olindi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting