Bayroq haqida sher. Ushbu sahifada bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan bayroq haqida sherlarni taqdim etamiz. Bayroq — bir davlat yoki tashkilotning ramzi bo‘lib, uning madaniyati, tarixiy merosi va qadriyatlarini ifodalaydi. Har bir bayroq o’ziga xos ranglar, belgilar va naqshlar bilan ajralib turadi. Bayroqlar, odatda, maxsus materiallardan tayyorlanadi va turli shartlarda, masalan, rasmiy tadbirlarda yoki bayramlarda ko’tariladi.
O’zbek bayrog’i — O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan biri bo’lib, uning ranglari va naqshlari o’zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlarini aks ettiradi. Bayroq 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
Bayroqning o’lchamlari 1:2 nisbatda bo’lib, u uchta gorizontal stripega ega: yuqori qismida ko’k, o’rtada oq, pastki qismida esa yashil rang mavjud. Ko’k rang, osmon va erkinlikni; oq rang, tinchlik va poklikni; yashil rang esa, tabiat va mo’l-ko’llikni ifodalaydi.
Bayroq haqida sher.
Ko‘kda hilpirar mag‘rur , O‘zbekiston bayrog‘i
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i
“O‘z bayrog‘im ” deb xalqim, Dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, O‘z ramzi, ma’nosi bor.
Bayroq haqida sher 4 qator.
Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.
Dunyo Uzra bayrog’im.
Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug‘ soladi.
Mo’tabar bayrog’im.
Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so‘zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so‘zlaydi
Yangi chiqqan to‘lin oy
Har ko‘zni o‘zga chorlar
Duoga ochamiz qo‘l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.
Bir bayroq ostida.
Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur
O‘zbek iftixori vatan bayrog‘i
Yashaydi millatlar do‘st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog‘i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko‘rsam der yurtini jannatiy makon
Bag‘ishlab eliga umri qalbini.
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar,Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon
Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.
Millat bayrog’i.
Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko‘zda,muhabbatda,
Porla,Millat bayrog‘i!
Osmon to‘la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq-
12 si eng yarqiroq,
Porla,Millat bayrog‘i!
Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘zgidasan,so‘lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla,Millat bayrog‘i.
Siz shu kabi sherlarni rasmlarni telegramdan yuklab oling.
Shu sherlar baxtiyor.uz sayti yordamida tayyorlandi.
Inglizcha bayroq haqida sher
Juda zõr👌👍
8- sinflarga bo’lishi kerak
Bayroq haqida 6-sinf uchun iltimos