O’zbekiston Bayroq rasmlari

Bayroq rasmi Sherlar

Bayroq rasmi. Bayroqni ko‘rish, odamlarni birlashishga, maqsad sari intilishga undaydi. U o‘ziga xos madaniyatni, milliy qadriyatlarni va tarixni yodga soladi. Misol uchun, ko‘plab davlat bayroqlarida o‘z mamlakatining mustaqilligi, o‘z-o‘zini anglash va xalqning kuch-quvvatini tasvirlash uchun turli ranglar, tasvirlar va ramzlar ishlatiladi.

Bayroq — biror davlat, xalq, tashkilot yoki boshqa bir guruhning ramzi sifatida foydalaniladigan, odatda to‘rtburchak shaklida bo‘lgan mato yoki to‘r. Bayroq nafaqat uning tasvirini ifodalaydi, balki uning mazmuni orqali tarix, madaniyat, istiqlol va milliy g‘urur kabi asosiy tushunchalarni aks ettiradi. Har bir bayroq o‘ziga xos ranglar, shakllar va simvollarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularni tahlil qilish orqali uning xususiyatlari va mazmuni haqida ko‘p narsalarni bilib olish mumkin.

Oʻzbekiston bayrogʻi.

Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.[3][4]

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

O’zbekiston Bayroq rasmi.

 

bayroq rasmi bayroq rasmi

Sherlar : Bayroq haqida sherlar

bayroq rasmi

bayroq rasmi

bayroq rasmi

Bayroq haqida sherlar

bayroq rasmi

bayroq rasmi

bayroq rasmi skachat

bayroq rasmi

Bolalar uchun Bayroq haqida sherlar

 bayroq rasmi

Ushbu rasmlarni telegramdan yuklab oling.

Rate article
Fikringizni bildiring, Iltimos!!

  1. Salom

    Zo’rku

    Javob berish
    1. Soliha

      Juda ham Manga yoqdi

      Javob berish
  2. Manija

    Samarqand

    Javob berish