Qish haqida eng zo’r sherlar. Sizlar uchun Qish haqida sher joylashtiramiz. Takrorlanmas Qish — bu yilning eng sovuq fasli. Havo sovuq bo‘lib, ko‘p joylarda qor yog‘adi. Qor yerga tushgach, barcha joyni oq qoplamoqda. Daraxtlar barglarini yo‘qotib, shoxlari yalang‘och bo‘ladi. Biroq, qish o‘ziga xos go‘zallikka ega.
Bolalar qorda o‘ynashni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular qorli maydonda qor odamlar yasashadi, qor bilan jang qilishadi va chang‘ida uchishadi. Yangi yil bayrami ham qishda bo‘ladi, bu esa yana bir sabab, bolalar uchun qishni sevimli fursatga aylantiradi.
Qishning eng yaxshi tomoni shundaki, bu faslda mehr-muhabbat, yordam va do‘stlik yanada kuchayadi. Odamlar bir-biriga iliqlik, quvonch va baxt tilashadi.
Qish haqida sherlar.
Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,
Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,
Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,
Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,
Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!
Keldi qish.
Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.
Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.
Qish Qish haqida sherlar.
Quyonga dedi Ayiq:
Buncha shoshasan, qiziq?
Qish kelar qilich qayrab,
Qandoq o‘tiray qarab?
Qish g‘amini yeyapman.
To‘xta, nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…
Unday emasdir hecham.
Bir uxlab tursang, bahor!
Bahorgacha ko‘p gap bor…
Qishli qirovli kunda
Ovqat so‘rayman kimdan?
Qanaqa qish, ey ahmoq?
Darg‘azab bo‘lar maymoq.
Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…
Gap qaytarma tirmizak.
Archajon.
Archa ko’klamni quchib
Mahkam olgandir ushlab.
Ko’klam ketolmas chiqib
Undan yoz-u kuz, qishlar.
Ko’klam archaga bandi,
Qila olar nima ham?
Axir u o’ralgandir
Sonsiz ninalar bilan!
Rossa Mazza qish.
Rosa mazza qish,
Qorlari — kumush.
Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.
Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.
Qish kelmoqda – Qish haqida eng zo’r sherlar
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
O’tib ketdi kuz keldiz endi qish.
O‘tib ketdi kuz chog‘i,
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog‘i,
Bolalar tortar chana.
G‘izillashib o‘tishar
O‘g‘il-qizlar quvnashib.
Konki otib uchishar,
Bir-birlarin quvlashib.
Dam olib o‘tkazadi,
Bo‘sh vaqtlarin bolalar.
Oq to‘nga o‘raladi,
Butun atrof, dalalar.
Qish ham rohat bizlarga –
Ish qilib, olamiz dam.
To‘lar o‘g‘il-qizlarga,
Qorli tepalar har dam.
Qor parchalar
Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.
Siz shu kabi qiziqarli sherlarni telegram kanalidan ham yuklab olishinigiz mumkin.
Ushbu sherlar savol-javob.com saytidan olindi.
Qish haqida