Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun

Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun

Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun va kattalar uchun. Ushbu sherlar Yangi yil sherlari hamma uchun. Yangi yil — bu yangiliklar va umidlar bilan to’la, ko’pchilik uchun qiziqarli va sevimli bayram. Har yili 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tgan kechada nishonlanadi. Bu paytda odamlar o’z yaqinlari bilan birga yig’ilib, bayram dasturxonini tayyorlaydilar, quvonchli xotiralarni eslaydilar va yangi yil uchun rejalashtirishlar qiladilar.

Yangi yil, ko‘plab xalqlar uchun, yangi boshlanishni, muvaffaqiyatni va baxtni ramziy qiladi. Odamlar bir-birlariga yaxshi tilaklar aytishadi, sovg‘alar berishadi va bayramona kayfiyatda bo‘lishadi. Ba’zan, yangi yilni nishonlashda turli an’analar va urf-odatlar mavjud. Masalan, ko’plab joylarda o’rmonlardan yangi yil archasi olib kelinadi va bezatiladi.

Yangi yil bayrami, shuningdek, o’zgarishlar va yangi imkoniyatlarni kutish bilan bog’liq. Odamlar ko’pincha yangi yil uchun maqsadlar belgilaydilar, hayotlarini yaxshilashga harakat qiladilar va o’zlarini yangi bosqichga ko’tarishga intiladilar.

Yangi yilni kutish jarayoni ham juda qiziqarli: ko’plab joylarda konsertlar, yong’in ko’rsatmalari va boshqa tadbirlar o’tkaziladi. Odamlar birgalikda raqsga tushishadi, kulishadi va baxtli daqiqalarni baham ko’rishadi.

Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun.

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o‘y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo‘llar bor bo‘ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo‘ling!

Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo‘l bo‘lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do‘stlar,
Mehrdan poyondoz to‘shalsin, do‘stlar!

Qorparcha – assalom yangi yil.

Qorparcha - assalom yangi yil

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.

Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.

Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.

Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!

Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.

Kirib kelar yangi yil.

Yangi yangi yangi yil!

Kirib kelar yangi yil!

Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!

Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.

Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!

Qish qo‘ynida muz bilan,

Qorda qolgan iz bilan,

Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi yil xush kelibsan.

Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo‘limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!

Qish haqida sherlar

Kirib keldi yangi yil – yangi yil sherlari.

Kirib keldi yangi yil - yangi yil sherlari.

Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!

Yangi yil kechasi – Muhammad Yusuf

Ko`ngil ma’yus tortdi yilning so`nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko`zim o`ngida,
Yana bir yoshimni o`g`irlading, qor.

Qirqinchi qasrmga o`taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetkudek qo`lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.

Laylakqor, azizim, g`alat bayram bu
— Kulib kuzatsammi, yig`lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?   S

o`rsang, sevinchimdan o`kinchim ko`proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko`zda tabassum -u kiprikda titroq.

Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo`ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo`qlab kelganingni o`zi bir bayram.
Qulog`ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…

Yalmog’iz kampir sheri.

Man, man, man, man,
Man Yalmog‘iz bo‘laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.

Yashayman men o‘rmonda,
O‘rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!

Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So‘ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!

Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.

Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko‘raman,
Supurgim omon bo‘lsa,
Man jazolab turaman.

Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo‘p silab,
Aslo-aslo tindirmam.

Man, man, man, man,
Man Yalmog‘iz bo‘laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.

Yangi yil archasi – yangi yil haqida sherlar.

Yangi yil archasi - yangi yil haqida sherlar

Bo‘ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko‘k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o‘zgacha.

Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to‘lib ketamiz.

Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.

Ko‘rkam archa, ko‘k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo‘l mehmon.

Yangi yil nutqi.

Salom, salom mehmonlar.
O‘g‘il qizu chaqqonlar
Rosa g‘ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,

Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz
Eski yilni muddati
Tugab tarixga ketdi.

Yangi yil bo‘lib men ham
Kelish navbatim yetdi.
Ko‘rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman

Keldim sizga o‘sgani,
Ko‘p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda
Siznikiman shu ondan.

Ota, ona, bobolar
Ham mehribon momolar.
Menda g‘ayrat qilurman
Sur’atim oshirurlar,

Siz ham a’lo o‘qingiz
Bilimlarni o‘qingiz
Siz o‘sibsiz bir yoshga
Yurt kon bo‘lsin non oshga.

Yangi yil muborak.

Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar
Archani yonida go‘zal qizchalar
Qarasam ularga hayolim olar

Bugun mana hamma bahtli yuribdi
Dillarga to‘lgandir shirin orzular
Vatanim yanada go‘zal bo‘libdi
Har yerda yangi yil shukuhi kezar

Umrimizning o‘tibdi yana bir yili
O‘ynaylik kulaylik yangi yil kuni
Yilda bir marta bo‘lar axir bu damlar
Yangi yil muborak aziz odamlar

Barchaga olib kelsin baht va omad
Hammani ishida bo‘lsin daromat
Dildagi orzular bari ushalsin
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin

Yangi yil tonggi – yangi yil arafasi.

Yangi yil tonggi - yangi yil arafasi

Pok qalbli insonni qutlab — e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi xayot oxangi.

Qobobo – Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun.

Qobobo - Yangi yil haqida sherlar bolalar uchun

Qorbobojon qorbobo
Sovg‘alari bor bobo.
Agar qopi bo‘lmasa,
Lo‘lilarday xor bobo.

Tezroq kelib qorbobo,
Yangi yilni boshlab ket.
Qorqizingni bir oyga,
Bizni uyga tashlab ket.

Chanada kel qorbobo,
Menga desa g‘ozda kel.
Duxing yetsa mabodo,
Bahorda kel, yozda kel.

Ayfonim sotdim yangi,
Bitta samsung olib kel.
Yo‘l yo‘lakay paynetdan,
Sho‘timga pul solib kel.

Biz seni ko‘p kutyapmiz,
Chaqirganda chopib kel.
Qarzin to‘lamay ketgan,
Do‘stlarimni ham topib kel.

Qorbobojon, qorbobo,
Sal normalniy kiyin san.
Sovg‘alaring bo‘lmasa,
Hamma joyda bir tiyin san.

Sen kelsang ey qorbobo,
Yangi yil ham to‘lardi.
Qariganda qizil kiyim,
Kiymasang ham bo‘lardi.

Qish haqida sherlar

Yangi yilni qutlaymiz

Yangi yilning sovg‘asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,

Shu kabi sherlar telegram kanalimizda ham mavjud.

Ushbu sherlar to’plami baxtiyor.uz hamda savol-javoblar.com saytidan olindi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting