Mevalar haqida sherlar. Ushbu maqolada mevalar rasmi va sherlarni taqdim etdik. Mevalar — bu tabiatning bizga taqdim etgan eng ajoyib sovg’alaridan biri. Ular rang-barang, mazali va juda foydali. Har bir meva o’zining o’ziga xos ta’mi va sog’liq uchun foydalari bilan ajralib turadi. Bolalar uchun mevalar haqida sherlar
Olma — bu eng mashhur mevalardan biri. Olma qizil, yashil yoki sariq rangda bo’lishi mumkin. Ular vitaminlar bilan to’la va yurak uchun foydali.
Banana — yumshoq va shirin. Ularni tezda yeyish mumkin va energiya berish uchun juda yaxshi. Banana kaliyga boy, bu esa mushaklarimiz uchun muhim.
Apelsin — qizil-shirin meva, u vitamin C ga juda boy. Apelsin sovuq kunlarda immunitetni kuchaytiradi, bu esa bizni kasalliklardan himoya qiladi.
Mevalar nafaqat xom holida, balki salatlarga, shirinliklarga yoki smoothiesga qo’shish uchun ham ajoyibdir. Har kuni meva iste’mol qilish — sog’lom hayot tarzi uchun muhimdir.
Shunday qilib, har doim mevalarni tanovul qiling, chunki ular sizni kuchli, sog’lom va baxtli qiladi!
Mevalar haqida sherlar.
Biz shirin-shakar mevalar,
Bugun tortiq sizlarga,
Keling zukko bolalar,
Ta’rif bering bizlarga.
Shaftoli,olma,anor,
Qaroli,olhuri bor,
Sabzavotlar bir tomonda,
Bugun keldik mehmonda.
Sabzi,piyoz,kartoshka,
Bugun keldik xosil oshga,
Bugun bayram o’ynaymiz,
Kuy qushiqlar tinglaymiz.
Shaftoli – Mevalar haqida sherlar.
Bizni derlar shaftoli,
Ta’mimiz shirin bolli,
Pishsak bo’lamiz xil-xil,
Ranglarimiz har-xil.
Anor.
Mevalarni shoximan,
Yesangiz ox-oxman,
Nordonimiz ham foyda,
Isitma yuq u bor joyda.
Islomova Mukambar
Uzum.
Bizni derlar uzum,
Aytay sizga chin so’zim,
Eng foydali qoqimimiz,
Ko’paytirar qoniz.
Behi.
Mevalar durdonasi,
Bizlar uni onasi,
Behimiz xushbuy hidli,
Vitaminga boy totli.
Olhuri.
Mevalarning eng zo’ri,
Bizni derlar olhuri,
Dardingiz olamiz,
Yurakka davomiz
Islomova Mukambar
Sabzavotlar haqida sherlarTarvuz.
Mag’zimiz qip-qizil,
Ko’tarsangiz og’ir zil,
Chanqoq bosti tarvuzmiz,
Ancha dardga davomiz.
O’rik.
Erkin Vohidov
Qantak o‘rik
Otim bor,
Xo‘p mazali
Totim bor.
Mag‘zimga berkitgan
Qantim bor,
Novvotim bor.
Puch yong’oq.
Bizlarga bir otaxon.
Tanlagan go‘yo yutdi –
Bittadan olib shodon.
Yong‘oqlar dum-dumaloq,
Bir xilda: silliq edi.
Hatto men olgan yong‘oq –
Po‘stlog‘i bo‘liq edi…
Yemoqchi bo‘lib mag‘zin,
Har kim yong‘og‘in chaqdi.
Lek ochiq qoldi og‘zim,
Chunki menda puch chiqdi…
Bilmaysiz, do‘stdan ham goh –
Sinovda qalb qaqshaydi.
U ichin etmas ogoh –
Puch yong‘oqqa o‘xshaydi.
Behi haqida sher.
Ikki yuzim burushqoq,
Dema meni urishqoq,
Ishga solib aqlimni,
Sezdirmayman jahlimni.
Agar shirin bo‘lmasam,
Xushomadni bilmasam,
Meni darrov kesishar,
O‘rnimga nok ekishar.
Olma – Mevalar haqida sherlar.
– Tanishaylik, men – olma,
Nomimga quloq solma.
Olaver, ikkilanmay,
Ishtahang bo‘lsin karnay.
Reklamaga hojat yo‘q,
Ta’mim rosa yoqimli.
Ortganini quritsang,
Qishda eysan qoqimni.
Dovuchcha.
– Shoxda shig‘il dovuchcha,
Ko‘m-ko‘k yashil dovuchcha.
Kesak otib qoqaymi?
– Yo‘q!
O‘zing yerga tushasan,
Pishib hil-hil dovuchcha!
Shu kabi sherlar va boshqa ma’lumotlarni telegram kanalimizdan yuklab oling.
Ushbu sherlar baxtiyor.uz va savol-javob.com saytidan olindi.
Apelsin haqida sher kerak