Sabzavotlar haqida sherlar

Sabzavotlar haqida sherlar

Sabzavotlar haqida sherlar. Quyida Sabzavotlar va poliz ekinlari haqida sher. Aynan Sabzavotlar va mevalar rasmini shu yerdan topishingiz mumkin. Sabzavotlar – bu inson organizmi uchun juda muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari. Ular turli vitaminlar, minerallar va tolalar manbai bo’lib, sog’likni saqlashda katta rol o’ynaydi.

Sabzavotlar bir necha turga bo’linadi, masalan:

  1. Yashil sabzavotlar: Ismaloq, no’xat – bular kalsiy va vitamin K ga boy.
  2. Qizil va to’q-qizil sabzavotlar: Pomidor, qizil qalampir – lycopene va C vitamini manbai.
  3. Sariq va to’q sariq sabzavotlar: Morok, sabzi, qo’ziqorinlar – A vitamini va antioksidantlar bilan boy.
  4. Oq sabzavotlar: Karam, kartoshka, piyoz – ular ko’p tolaga ega va hazm qilishni yaxshilaydi.

Sabzavotlarni iste’mol qilishni kundalik ratsionga kiritish orqali, ularning sog’liq uchun foydalaridan maksimal darajada foydalanish mumkin. Ularni salatlarga, sho’rvalarga, garniturlarga qo’shib, turli xil taomlarda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sabzavotlar nafaqat foydali, balki xilma-xil ta’mi va ranglari bilan ham o’ziga jalb etadi.

Sabzavotlar haqida sherlar.

Sabzavotlar haqida sherlar bolalar uchun

Mevalar suhbatini,
Rosa tingladi piyoz.
Chiqib der egatiga,
Men ham so‘zlayin biroz.

Foydali sabzavotman,
Po‘stim qizil, oq, sariq.
Mikroblar qochar mendan,
Shaklim ham semiz~oriq.

To‘g‘ri, boroz achchiqman,
Po‘stimdan ajratsangiz.
Sarimsoq bilan do‘stman,
Asli naslim so‘rsangiz.

Ha, to‘g‘ri aytding piyoz,
Shamollashni quvamiz.
Akang~sarimsoqpiyoz,
Ishtahani ochamiz.

Gal beringda bizga ham,
So‘z boshlar endi sholg‘om.
Ta’rifing bo‘lmadi kam,
Qo‘shmading biron yolg‘on.

Lekin, bilsangiz agar,
Mendayin sabzavot yo‘q.
Ertaklar ham yozishar,
Sho‘rvamdan ichganlar to‘q.

Qizil, sariq po‘stim bor,
Yotaman yer ostida.
Vitamendan do‘stim bor,
Maqtanmadim, rostida!

Yer ostida yotishni,
Bizdan o‘rgan~ der sabzi.
Oltingga teng sabzavot,
O‘zim bo‘laman asli.

Sabzavotlar haqida sherlar bolajonlar uchun

Palovxontura mensiz,
Sira tayyor bo‘lmaydi.
Murobbomni yemabsiz,
Bunaqa ta’m bo‘lmaydi.

So‘zlab qoldi endi turp,
Bilsangiz foydamiz ko‘p.
Qo‘shib yesang asalga,
Davoman»ko‘kyutalga».

Hazmni yaxshilayman,
Sizga sog‘lik tilayman.
Lavlagiman qip~qizil,
Bo‘g‘da, qozonda pishir.

Gar yesang och qoringga,
Qon bo‘laman tomirda.
Bog‘ni chetidan arang,
Yetib keldi Boshkaram.

Do‘stlar bizlar qarindosh,
Bir oilamiz~turdosh.
Sabzavot deb atarlar,
Bahor ekar qatorlab.

Parvarishlaydi dehqon,
Qolmasin deya nimjon.
Bizlarni yeb bolalar,
O‘sadi, ko‘chga to‘lar.

Hali aytganday Anjir,
Bo‘laylik misli zanjir.
Do‘st bo‘laylik biz inoq,
Mevalar bilan o‘rtoq.

Vatanimiz~ona yer,
Serquyosh O‘zbekiston!
Zarga teng tuprog‘i~der,
Otamiz~Bog‘bon, Dehqon!

Karmana tuman 8-»Paxtaoy»DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

Mevalar haqida sherlar

Tarvuz – meva va sabzavotlar haqida sherlar.

Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda.

Sabzi

Qizil, sariq bo’laman,
Goh uzun, goh to’laman.
Ishlatar meni oshga,
Gapim yo’q endi boshqa.

Sabzi haqida sher.

Sabzi haqida sher poliz ekinlari haqida

Yupqagina
Po’stim bor,
Dalada
Ko’p do’stim bor.
Maqolda ham
Yoziqman.
O’sha
“Oltin qoziq”man.
Yotsam
Yerga qapishib,
Dumginamdan
Tortishib,
Tashladilar
O’raga…
Salom
Palovto’raga!

Qovun.

Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar

Sholg‘om.

Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar

Kasblar haqida sherlar Bolalar uchun sherlar

Pomidor – sabzavotlar mevalar rasmi.

Pomidor haqida sher poliz ekinlari sherlar

Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar

Baqlajon.

Baqlajon haqida sherlar

Kaminani nomilari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon

Qavoq.

Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi.

Zira.

Zira haqida sherlar

Nozikkina ziraman,
G’ovlamayman sira man.
Oshpazlarning tushiga
Har kun kirib turaman.

Joyim — tog’lar orasi,

Baxmal ungur sarasi.
Sayr etganda bir eslang
Anzur, zirkning jo’rasin.

Xushbo’ylikda nafisman,
Gulim go’yo nargisman.
Insonga sadoqatli
Shifokorman — parhezman.

Turp

Turp haqida sher sabzavodlar haqida sherlar

Rangim yashil,
Sabzavotning turiman.
Vitaminga boyman juda,
Sabzavotlar zo’riman.
Shamollashga shifodirman,
Nomimni aytsam turpman.
Osh qilsalar oilangizda,
Men ham tayyor turibman.

Kasblar haqida sherlar Bolalar uchun sherlar

Shu kabi sherlar to’plamini telegramdan yuklab oling.

Ushbu sherlar to’plami ijtimoiy tarmoqlardan olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting