Bobur sherlari 4 qator va boshqa katta she’rlari shu yerda joylashtirilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan. to’liq ma’lumot: Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi.
Bobur sherlari 4 qator