8 martga sherlar to’plami. 8 mart haqida sherlar etiboringizga havola etiladi. 8 mart Xalqaro ayollar kuni, ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muvaffaqiyatlarini nishonlash uchun belgilangan. 8 mart tarixan 1908-yilda Nyu-Yorkda boshlangan ayollar haqidagi harakatlar bilan bog’liq. Bu kun ayollarning huquqlarini himoya qilish va gender tengligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Ko’plab mamlakatlarda bu kunda tadbirlar, konferensiyalar va bayramlar o’tkaziladi.
8 martga sherlar.
O’zbek ayoli 8 mart haqida sherlar
Sizga go‘zal ko‘rinar olam,
Har biringiz dono, ziyoli.
Qayda bo‘lmay degaysiz, bolam,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli.
Bu dunyoning ko‘rkam jamoli.
Odam, olam shodlikla kular,
Sharqning guli — O‘zbek ayoli
8-mart muborak bo’lsin.
Ana shu shodliklar sizga yor bo’lsin
Qalbingiz orzu va quvonchga to’lsin
Bugun tailayman sizga ko’p tilak.
8-MART bo’lsin muborak!
Ko’p narsa kerak emas Ayol zotiga.
Ko‘p narsa kerakmas ayol zotiga.
Menimcha bir tomchi mexr bo‘lsa bas.
Nur bo‘lsa qorong‘u hayolotiga.
Menimcha boshqasi unga kerakmas.
Tilloga to‘ldirmang barmoqlarini.
Baxtli bo‘lish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog‘ etib dimog‘larini.
Tonglari yostig‘iga qo‘ying atirgul.
Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon:
«Issiq kiyindingmi ko‘cha sovuqroq.
Sen menga salomat keraksan ishon!»
Mayli qozoniga go‘sht tushmas har kun.
Libos o‘zgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg‘anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.
Ishoning ko‘p narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan ko‘ngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil.
Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan.
Savob yozilarmish har bo‘sa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan!
8 mart sherlar bolalar uchun
Ilk muhabbatimga.
Singlimga tabrik – 8 mart uchun sherlar
8-mart muborak bo’lsin.
Sizga quvonch ulashay bugun,
Quchog‘ingiz gullarga to‘lsin.
Gulga oshno guldek ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Bugun baxtdan yayrasin dillar,
Ko‘zingiz ham quvonchga to‘lsin.
Erkak ko‘rki, go‘zal ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Tazimdamiz sizga ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Sizga baxtni tilayman mangu,
Bu dunyoda baxtingiz kulsin.
Chin yurakdan aytay ayollar,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Mo’tabar ona.
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo‘lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
O‘g‘lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo‘lim poylamang!
Yo‘l poylagan ko‘zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Hech bo‘lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unuting butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko‘zingizda aslo yosh ko‘rmay,
Bugun baxtdan bag‘ringiz to‘lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Bayramingiz bilan onajon.
Eng go‘zal insonsiz xayotimdagi.
O‘zgani «go‘zalim» deganim yolg‘on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.
Sen dunyoga keraksan ayol.
Бешик кучиб аллалар айтган,
Ҳар тукканда ýлимдан кайтган,
Гул ифорли нозик гулбадан,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Сен бýлмасанг эркаклар хароб,
Орзу, умид, эртаклар сароб,
Майли баъзан берсанг хам азоб,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Корасанми ёки ок, сарик,
Семизсанми ё ýрта, орик,
Бýлсин майли товонинг ёрик,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Хар бир миллат яшнаши учун,
Қýркмай кадам ташлаши учун,
Ҳар замонда, хар кеча, хар кун,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Сен куёшсан мехрга тýлган,
Сен бир гулсан каровсиз сýлган,
Опа, сингил, она, киз бýлган,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Сахродаю чаман богда хам,
Яхши кунда, юрак догда хам,
Сочинга ок тушган чогда хам,
Сен дунёга кераксан АЁЛ.
Aziz Ayollar.
Porlab turar yuzlari.
Surar shirin hayollar.
Bayramingiz muborak.
Bugun aziz ayollar.
His tuyg‘uning bulog‘i.
Sizlar borki o‘chmaydi.
Xonadonlar chirog‘i.
Dardingiz ichga yutib.
Doyim kulib turasiz.
Mehri daryo chiroyli.
Farishtalar bo‘lasiz.
Shu kabi sherlar to’plami telegram ijtimoiy tarmoqlarimizdan kuzating.
Ushbu sherlar telegram ijtimoiy tarmoqlaridan olindi.
Juda zor gap yoq boru qoyil qoldim lekin ajoyib bundanda yaxwilarini kutaman
Yaxshi sherlar ekan
Kattakon raxmat sizlarga juda ham zor chiqibdi 👍👍👍👍👍👍👍
Manga yoqdi
Menga juda yoqdi sherlar
Judayam yaxshi sherlar ekan kottakon rahmat.
🫠🫠👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
Judayam chiroyli sheʼrlar ekan!😍
Zòr sher ekan yana chiqarishda davom etinglar omad yor bólsin aziz ayollar✨💖
Manga yoqdi juda yaxshi sherlar ekan. 👍👍👍👍😍🥰♥️
Qraxmat 👍👍👍👍👍💐💐💐❤️🩹❤️🩹❤️🩹❤️🩹❤️🩹🥳🥳🥳🥳🥳
Voooov 😯zoʻr👍sherlar🧾 ekan!🥰🤤❤️
Eng muhimi shu!☺️😇
zo’r gap bo’lishi mumkin emas
Zo’r