Maktab haqida sherlar

maktab haqida sherlar

Maktab haqida sherlar. Maktab haqida sherlar bolalar uchun.

Maktab – bu bilim va tarbiyaning muhim markazi bo’lib, har bir bola uchun yangi imkoniyatlar va orzularni ochadigan joydir. Maktabda o‘rganish, yangiliklarni bilish, va o‘zaro muloqot qilish orqali bolalar hayotga tayyorlanadilar. Ustozlarimiz har bir darsda bilimni, ahloqni va mehnatni o‘rgatib, bizni kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lishimiz uchun tarbiyalashadi.

Maktabdagi har bir kun yangi tajriba va imkoniyatlar bilan to‘ldirilgan. Bu yerda o‘zimizni tanib, qobiliyatlarimizni rivojlantiramiz. Kitoblar va darslar orqali dunyo haqida ko‘proq bilib, hayotning turli jabhalariga tayyorlanamiz. Maktab bizga nafaqat bilim, balki do‘stlik, hamkorlik va mas’uliyat kabi muhim qadr-qimmatlarni o‘rgatadi.

Maktab haqida she’rlar bolalar va yoshlarga bilimning ahamiyati va maktabdagi hayotni yoritishda juda yaxshi vosita bo’lishi mumkin. Quyida maktab va ta’lim haqida bir nechta she’r namunalarini keltiramiz.

Maktab haqida matnlar

Maktab – bilimning manzili,
Har bir darsda yorqin yo’l,
O’qish orqali orzu qidir,
Kelajakni yorituvchi nurdir

***

Maktabda har bir kun – yangi umid,
Bilim nuri ko’ngilni yoritib.
Ustozlar qo’llab-quvvatlab,
Orzularimizni ro’yobga chiqarib.

Maktabdagi Hayot

Maktabga qadam qo’ydik biz,
O’qish, yozish – yangi bir yo’l,
Bilimni kengaytirib boramiz,
Har kun yangi o’rgatgan til.

O’qituvchi, qadrdon ustoz,
Sizlar bizga nur sochmoqdasiz,
Kitoblar bilan do’st bo’lamiz,
Bilimga yangi qadam qo’ymoqdamiz.

Bolalar Maktabda

Bolalar, maktabga kirib,
O’qishni boshlaydilar, yangi dunyo ochib.
Har bir so’z, har bir savol,
Yangi bilimlar orttiradi barchamizga ko’plab.

Ustozlarimiz – qo’llab-quvvatlaydilar,
Har bir darsda bizga yordam beradilar.
Bilim va mehnat bilan biz o’samiz,
Katta orzular sari qadam qo’yamiz.

Maktabim

Maktabim

Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!

Sinfdosh do’stlarim

Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi.
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi,
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni.
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.

Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.

O‘qir edik sen bilan, bitta maktabda,
Hatto gaplashmagandik, sevgi haqida.
O‘ylamasdim kun kelib, ayrilarmiz deb,
Ey sinfdosh sevganim, meni unutma.

Maktab chirog’i

Ustozlarni ko’p ulug’laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o’ylab ko’r-chi bir
Òinglaymizmi, ustozning qalbin?!

Xayr bog’cha, salom maktab

Xayr bog’cha, salom maktab

Qo‘g‘irchoqlar xush qoling
Salom aziz maktabim
Shoshilyapman bag’ringa
Quyoshday ravshan tabim

Ustozim xali men
Ko‘rmaganman sizni xech
Shu kunlar da xayolning
Mexmonisiz erta kech

Ko‘rmasam xam taniyman
Siz dunyoda eng dono
Siz yaxshilar yaxshisi
Siz otayu siz ona.

Orombaxsh quchog’ingda
O‘sib ulg’ayib shodon
Bugun bizlar yo‘l oldik
Jonajon maktab tomon

Xayr bog’cha tuzingni
Oqlaymiz o‘qib alo
Sizni eslab yuramiz
Bog’cha Opa doimo

Yiroqlashib bog’chajon
Katamiz sendan
Ukalarga qoladi
O‘yinchoq bizdan

Ko‘zlarida lim yoshi
Juda kuchli bardoshi
Bog’cha opam qoladi
Uzoq o‘yga toladi.

Xayr maktabim haqida sherlar

Bahorning so’nggi kunlari
tugar bolalik cho′g’lari
Jaranglaydi so’nggi qo′ng′iroq
xayr maktabim,xayr do’stlarim,sho′xligim
Afsus afsus endigina
qadringa men yetganimda
Men bag’ringdan uchib ketarman
yangi hayotga oq yo′l tilaysan sen bizga
Xayr maktabim,xayr sho’xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do′stlarim
Xayr maktabim,xayr sho’xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do’stlarim
Ishonmasdim necha yillar
qalbimdagi tuy′gularga
Faqat bugun men shuni bildim
qanchalik jonim sen kerakligin menga
Yodimda sen yozgan maktub
beg′ubor sevgi izhori
Qaytgim kelar o’sha kunlarga
bolaligimga sen bilan birga maktabga
Xayr maktabim,xayr sho′xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do’stlarim
Xayr maktabim,xayr sho′xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do’stlarim
Endi xayr maktabimo′tib ketdi sho’xlik chog’larim
endi xayr do′st-u qadrdon,xayr muallim,xayr mehribon
xayr maktabim,xayr sho′xligim,
birinchi sevgim xayr,xayr do’stlarim
Xayr maktabim,xayr sho′xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do’stlarim
Xayr maktabim,xayr sho′xligim
birinchi sevgim xayr
xayr do’stlarim

Ushbu ma’lumotlar myfarzand.uz sayti yordamida tayyorlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting