Kuz haqida sherlar. Bolajonlar uchun kuz haqida sher. Kuz — bu ajoyib va rang-barang fasl. Bu paytda tabiatda o’zgarishlar boshlanadi: daraxtlar barglarini to’kadi, va yerda rangli yaproqlar paydo bo’ladi. Har bir yaproq o’ziga xos rangda — sariq, qizil, jigarrang. Kuz haqida 4 qator sherlar bolalar uchun.
Kuzda havoning serinligi seziladi, va ko’plab mevalar pishib yetiladi. Olma, gilos va behi kabi mevalar aynan kuzda yig’ib olinadi.
Bolalar kuzda tabiat bilan ko‘proq vaqt o’tkazishlari mumkin. Yana kuzda turli bayramlar bo‘lib o’tadi, masalan, qishki tayyorgarlik va yangi o’quv yilining boshlanishi.
Kuzda nafaqat tabiiy go’zallik, balki yangi boshlanishlar ham mavjud. Bu faslda do’stlar bilan ochiq havoda o’yinlar o’ynash, chiroyli manzaralarni kuzatish va tabiatning mo’jizalaridan bahramand bo’lish imkoniyati ko’payadi. Kuz — bu hayot va go’zallik fasli!
Oltin kuzim – Kuz haqida sherlar.
Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.
To’kin-sochin
Dala-yu bog…
Dehqonlarning
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.
Kuz.
Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq yaktakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.
So’nggi yaproq.
Daraxtning bir
Butog‘i
Tutib turar
Yaproqni
Qo‘llarida
Avaylab.
Nogoh kelar yel
Poylab.
Tortqilay boshlar
Yulqib,
Daraxt qaltirar
Dir-dir.
…Ey to‘ymas yel —
Quv, baxil,
Rahm qil-da,
Bu, axir
Shir yalong‘och
Daraxtning
Qolgan so‘nggi
Chaqasi.
Xush kelding oltin kuz.
Daraxt po’stin qoqar,
Bulut biz tomon boqar,
Ko’z yoshin oqirar,
Kuz boboni chaqirar.
Xush kelding Kuz bobo,
Elimizga marhabo,
To’kin-sochin faslisan,
Bizga juda yoqasan.
Xurshid Davron oltin kuz haqida sherlar.
Ko’z o’ngimda bepoyon bog’lar,
Yaproqlarda tilla rang g’ubor.
Yaqinlashib qolgandek tog’lar,
Havo shunday tiniq, beg’ubor.
Shitirlagan kechki yomg’ir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.
Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bog’chadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.
Meni tashlab ketmoqchi do’stni
To’xtatmoqchi bo’lganday shu on
Men jimgina qo’lim cho’zaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.
***
Eshiklar to’satdan bir quchoq nurni
Sochib yuboradi tunning ko’ksiga.
Eshikni yopaman, tinch ko’chalarni
Kezib termilaman oyning raqsiga.
Keyin dalalarga chiqib ketaman,
Men bilan bog’larda tentiraydi tun.
Bulutlar oqadi. Ko’zni tutaman,
Poyimda maysalar shivirlar afsun.
Tun shaharni quchgan.
Baxtli ayollar
Erkaklar ko’ksiga qo’yadilar bosh –
Uxlar choyshablarga o’ralgan gullar,
Ko’rpani toblashib mushukday yuvvosh.
Faqat uzoqlarda, tungi qirlarda
Ko’zlari qora qiz, qoshi qora qiz
Yigitning ko’ksiga emas, dalada
Uvatga bosh qo’yib uxlaydi yolg’iz.
Kuzni o’yla.
Kuzni o’yla,
Qor ketishi bilan kuzni o’yla…
Kuzni o’yla,
G’ildiragi loyga botib qolgan aravani
Tortolmayotgan otni ayamay qamchilab,
Kuzni o’yla.
Beshafqat kuzni o’yla,
Usti ochilib qolgan bolalaringni
Ko’rpa bilan o’rab qo’ya turib,
Kuzni o’yla…
Kuzni o’yla, tashnalikdan
Bahor yomg’irlari aro lablaring yorilib ketganda,
Saraton oftobi tig’ida
Mehnat qoraytirgan bolalarning
Ko’zlariga qarolmasdan kuzni o’yla.
Ikki tol ovuta olmayotgan
Belanchakdagi bolaning bo’g’ilib yig’lashi,
Kun issig’ida ko’ksida suti qurib qolgan ayolning
Iztirobi aro kuzni o’yla,
Kuzni o’yla, kuzni o’yla…
So’nggi olma qo’shiq.
Sunbulaning yellari
alla aytgan chorbog’da,
sunbulaning yo’llarin
yomg’irlar yuvgan chog’da,
aravalar g’ijirlab
loylarga botib qolgach,
qaqragan va tashna lab
yoz kuzga yetib olgach,
bog’lar aro hokimlik
qilganida bolalar,
qizarib nurga to’lar
so’nggi kuzgi olmalar.
Oltin kuz.
Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.
Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.
Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.
Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.
Siz shu kabi qiziqarli rasmli sherlarni telegram kanalimizdan yuklab oling.
Ushbu sherlar uzsmart.uz va xurshid-davron.uz saytidan olindi.
Menga juda ham yoqdi bu hamma sherlar
Judaism zõz sher ekan