21-mart navro’z bayrami haqida sherlar

21-mart navro'z bayrami haqida sherlar

21-mart navro’z bayrami haqida sherlar. Siz aziz muxlislar uchun Navro’z haqida sherlar hamda  21-mart uchun sherlar qolaversa 21-mart navro’z bayrami sherlari manzur keladi deb maqolada joylashtirdik.

21 mart — Navro’z bayrami, bahor kelishini nishonlash, yangi yilni kutib olish va tabiatning uyg‘onishini ifodalovchi qadimiy bayramdir. Bu kun, asosan, O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda keng nishonlanadi.

Navro’zning asosiy maqsadi tabiatni yangilash, oila a’zolari va yaqinlar bilan birga bo‘lish, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishdir. Ushbu bayramda odamlar yangi kiyimlar kiyishadi, an’anaviy taomlar tayyorlaydilar, ko‘plab bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

21-mart navro’z bayrami haqida sherlar.

Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g’uborin.

Hademay qaldirg’och keladi qaytib,
O’rik shohlarida bo’rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo’shig’in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.

Hademay lolalar bo’sadek titrab,
Tog’lar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yig’lab,
Bir-birin bag’rida gulhan yoqarlar.

Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navro’zdir, hademay Navro’z!

Navro'zi olam - Navro'z haqida sherlar.

Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qo’shi qalam,
Navro’zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar!

Shukur Qurbon
Bog’֥lar – daraxtlarniki,
Tog’lar- lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram – bolalarniki,
Bayram – bolalarniki.
Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.
Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,

Sen mening aytar so’zim,
Sen mening xuddi o’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.

Navro’z haqida boshqa sherlar Boshqa mavzularda sherlar

Navro’zjon – 21-mart navro’z bayrami haqida sherlar.

Navro'zjon - 21-mart navro'z bayrami haqida sherlar.

Tarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosb charaqlaydi moviydir osmon.
Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

Bir yon katta kurash
Bir yon kop kari,
Askiya aytishuv o’lanlar bari Sevinchbag’ishlaydi keksayu-yoshga
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

Bugun shodiyona.

Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.

Bugun Navro’z bayrami.

Bugun Navro’z bayrami,
Zo’r tantana, hamma shod.
Ona yurtda quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.

Navro’z keldi yurtimga,
Dalalarga shoshaylik.
Keling, do’stlar, barchamiz,
Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.

Bu Navro’z – 21-mart navro’z bayrami haqida sherlar.

Bu Navro'z - 21-mart navro'z bayrami haqida sherlar.

Yomg’ir savalar mayin.
Maysa yashnar kun sayin
Men ham endi o’ynayin
O’rtoqjonim bu Navro’z.

Marjon taqdi majnuntol
Arilar keltirar bol.
Lola peshvoz qaddi dol.
O’rtoqjonom bu Navro’z.

Qaynar shirin sumalak.
Tovlanar yoy kamalak
Gulga qo’nmish kapalak.
O’rtoqjonim bu Navro’z.

Olam gul ichra yashnar
Ming bir tovusga o’xhsar.
Yashil poyondoz to’shar,
O’rtoqjonim bu Navro’z.

Bo’lsin Navro’z 

Qizlar gulli ro’mol o’rar,
O’zlarin qilib ko’z-ko’z.
Zamin yangi ko’ylak kiyar,
Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z.

Dilbar qizlar, jo’rajonlar,
Erkin qanot yozing hargiz,
Hur elimga qutlug’ ayyom
Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z!

Omoch haydar tinim bilmay,
Dehqon ila qo’sh ho’kiz,
Nasibamiz butun bo’lar,
Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z.

Olloh, o’zing asragin-yey,
Тegmasin hech yomon ko’z.
Momolarim ruhlari shod,
Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z.

Navro’z haqida boshqa sherlar Boshqa mavzularda sherlar

Ushbu sherlar to’plami proc.uz saytidan olindi.

Ushbu kabi sherlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham mavjud.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting