Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

✅ JAVOB: Amaldagi Nizom ga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.

Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting