9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi.

➡️ Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinfini bitirgan o‘quvchilarini 519 ta texnikumning birida o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.

Bitiruvchilar davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

🎓 Bundan tashqari, ular 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturiga grant asosida o‘qish uchun ham 10-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.