Abituriyentlar uchun o‘z o‘rnini ko‘rish imkoniyati ishga tushdi

📌Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan xizmat ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin.

Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini ko‘ra olishadi.

✈️ Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi Telegram botlarni ishga tushirish lozim:

👉 @bmb_natijabot
👉 @bmb_natija1bot

Botlar yordamida abituriyentlar o‘z natijalari hamda mutaxassislik fani bo‘yicha reytingdagi o‘rnini qulay tarzda tekshirishi mumkin.