Arizalar onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali 20-iyungacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
Murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, savollarga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz hamda Piima admission chatboti ishga tushirildi.
Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
🗓 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar davom etadi.