Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘ chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰♀️Talaba turmushga chiqsa,turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.