Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting