Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining  2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi.

Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi.

Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga quyidagicha baho qo’yiladi.

A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.

Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting