📝 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan 2025-yil aprel oyida o’tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilina boshladi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 – 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 – 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 – 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
📌 Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. Milliy sertifikat imtihoni natijalari.