Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari

➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📄 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

✅ (https://t.me/uztdi)@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin