Davlat granti yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlash. Joriy yilgi qabul jarayonlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
— Birinchi bosqichda abituriyentlar imtihon topshiradigan fan, til va hududni tanlaydi.
— Imtihon natijalari chiqqanidan so’ng ikkinchi bosqichda 5 ta ta’lim yo‘nalishi doirasida oliy ta’lim muassasalarini tanlaydi va ularda oldingi yillardagidek davlat granti yoki yo‘nalish ustuvorligini tanlash imkoniyati mavjud.