Xususiy universitetlar kontrakt narxlari. Ushbu maqolada Davlat OTMlar kontrakt narxlari emas balki Xususiy OTMlarning bazilarini narxlarini havola etamiz.
Xususiy universitetlar kontrakt narxlari.
Central Asian university (sobiq Akfa universiteti) rasmiy saytida yo‘nalishlar kesimida har bir semester uchun shartnoma narxlari ko‘rsatilgan. Universitetda eng yuqori to‘lov-kontrakt narxi tibbiyot yo‘nalishida bo‘lib, bir semester uchun to‘lov qiymati 50 million so‘mni (yiliga 100 million so‘m) tashkil etadi.
Program | Semester fee (UZS) | Duration (Semesters) |
---|---|---|
Accounting & Finance | 25 000 000 | 8 semesters |
Economics | 25 000 000 | 8 semesters |
International Business (CAU Diploma) | 25 000 000 | 8 semesters |
International Business (CAU & CBS Dual Diploma) | 37 500 000 | 8 semesters |
Logistics (CAU & CBS Dual Diploma) | 37 500 000 | 8 semesters |
Marketing | 25 000 000 | 8 semesters |
Management | 25 000 000 | 8 semesters |
Public Relations and Media Management (PRMM) | 25 000 000 | 8 semesters |
English Language Teaching and Educational Management (ELTEM) | 18 750 000 | 8 semesters |
Turizm va mehmonxona boshqaruvi, xalqaro biznes, logistika yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt summasi 37,5 million so‘m (1 semester uchun). Buxgalteriya, moliya, iqtisodiyot, marketing, menejment, jamoatchilik bilan aloqalar va OAVni boshqarish fakultetlarida tahsil olish narxi 25 million so‘mdan.
Muhandislik 21,9 million so‘m, ingliz tilini o‘qitish va taʼlimni boshqarish fakultetida o‘qish 18,8 million so‘m.
TEAM tadbirkorlik va biznes universiteti kontrakt narxlari.
TEAM tadbirkorlik va biznes universitetida o‘qish uchun shartnoma to‘lovi yiliga 38,3 million so‘m hisoblanadi. Universitetda turizm va mehmonxona boshqaruvi, xalqaro biznes, raqamli innovatsiyalar, marketing yo‘nalishlari bor. Barcha yo‘nalishlarga to‘lov narxi bir xil ko‘rsatilgan.
Cambridge international university kontrakt narxlari.
Cambridge international university saytida beshta yo‘nalishdagi to‘lov-kontrakt narxlari ko‘rsatilgan. Qayd etilishicha, universitetning axborot texnologiyalari, biznes menejment, buxgalteriya hisobi va moliya yo‘nalishlarida bir yil o‘qish 25 million so‘m. Ingliz tilini o‘qitish va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarida esa bu raqam 18 million so‘m.
Profi university kontrakt narxlari.
Profi university’dagi bank ishi va audit, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot, turizm yo‘nalishlarida bir yil o‘qish (kunduzgi taʼlim) narxi 16,9 million so‘mni tashkil etadi. Pedagogiga sohasidagi o‘zbek, ingliz, rus tillari va adabiyotlari, marketing yo‘nalishlarining to‘lov-kontrakt miqdori 16,2 million so‘mligi yozilgan. Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida yillik tahsil olish 18,1 million so‘m.
Yangi asr universiteti kontrakt narxlari.
Yangi asr universitetida o‘qish narxlari ham oliygoh rasmiy saytiga joylangan. Universitetning iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishlarida bir yillik kunduzgi taʼlim olish 19 million so‘mni tashkil etadi. Psixologiya, pedagogika yo‘nalishlarida o‘qish esa 18 million so‘m, dizayn yo‘nalishida tahsil 20 million so‘m.
EMU university ham yillik to‘lov-kontrakt narxlari.
EMU university ham yillik to‘lov-kontrakt narxlarini eʼlon qilgan. Universitetda stomotologiya, davolash ishi yo‘nalishlarida bir yil o‘qish miqdori 54,9 million so‘m, pediatriya, farmatsiya yo‘nalishlari 36,7 million so‘m, biologiya 11,9 million so‘m, kimyo 12,9 million so‘m.
TMC institute to’lov kontrakt narxlari.
TMC institute’ning ham to‘lov–kontrakt narxlari yo‘nalishlarga qarab o‘zgaradi. Masalan, institutda axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida bir yil o‘qish narxi 30 million so‘mni tashkil etadi. Qolgan iqtisodiyot, buxgalteriya, bank ishi va audit, logistika, moliya va moliyaviy texnologiyalari, pedagogika yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori yiliga 18 million so‘m etib belgilangan.
O’zimizni OTMlardagi kontrakt narxlari
Ushbu maqola daryo.uz yangiliklar portalidan olindi.
Assalomu alaykum yaxshimisiz men tôlov kantraktini olishim kerak