8-mart tadbir senariysi

8-mart tadbir senariysi.  8-mart xotin qizlar bayrami uchun tadbir senariysi 2025-2026 yil uchun. Tadbir ssenariysini yuklab olish uchun ustiga bosing.

8-mart tadbir senariysi.

( Zal bayramona bezatilgan: gullar, ayollar, onalarni madh etuvchi buklet va rasmlar qo`yilgan)
Mayin musiqa sadolari ostida boshlovchi asta so`z boshlaydi.
Boshlovchi:
Ajab…
Momo havo Odam atoning qovurg`asidan bunyod bo`ldi. Erkak vujudining bir bo`lagidan yaraldi ayol… Yo Rab, balki shu bois mudom ayolga yukinar erkak.
Ayol… Nahot yer yuzidagi eng buyuk qahramonliklar, aqlga sig`mas a’mollar sen tufayli sodir etilgan…
Nahot, yer yuzidagi ne-ne mamlakatlar sen deya zabt etilgan. Sening sharafingga jild-jild asarlar-u qasrlar bunyod etilgan. Ayol…
Daho insonlarning onasi ham sen, hatto jannat ham oyoqlaring ostidadur., ey ayol! Oh, bunchalar aziz va muqaddassan, Ayol!

,,Sen baribir muqaddassan” qo`shig`i ijro etiladi.

-Assalomu alaykum aziz va mo`tabar ayolar. Munis onajonlar. Muxtarama muallima ayollar. Bilimga chanqoq o`quvchilar. Mard yigitlar-u, orasta qizlar. Mana shunday bahorning faraxbaxsh, ilk va iliq kunlarida siz azizlar bilan diydor ko`rishib turganimizdan g`oyat mamnunmiz.
Yaqinlashib kelayotgan 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklash uchun ijozat berasizlar.

1-o`quvchi: Onam desam ko`zimga
Bog`bon kelar, bog` kelar.
Doim tayanch o`zimga,
Yulduz o`pgan tog` kelar.
2-o`quvchi: Toshqinligin soy deyman,
Arzir daryo yon bersa.
Chiroyini oy deyman,
Arzir dunyo tan bersa.
3-o`quvchi: Onam
Qo`lda chaqaloq ukam
Yig`lar ,,inga-inga”lab.
Yurak-bag`rim ezilar,
Yoshli ko`ziga qarab.
Alla aytsam ko`nmaydi,
Boqmaydi hech yuzimga.
,,Tobi qochgan hoynahoy”,
Dedim o`zim-o`zimga.
Onam kelib oldilar,
Yig`isi tindi-qoldi.

Davomi

Go`yo yomg`ir o`rnini
Kun chiqib oftob oldi.
Shunda qalbim charaqlab,
Onajonim quchganman.
Ta’zim qilib, bosh egib,
Dildan qasam ichganman:
Oyga uchsam onamni
Olib uchay kiftimda.
Gard qo`ndirmay bir umr,
Ko`taraman kaftimda.
Boshlovchi: -Aziz onajonlar, mehridaryo muallimalar-u, go`zal opa-singillar, sizlarga uzoq umr , baxt-saodat tilagan holda navbatni ajoyib raqsga beramiz. Marhamat tomosha qilib dam oling.
Xonanda Alisher Fayzning ,,Onam” qo`shig`iga sahnalashtirilgan raqs ijro etiladi.

8 mart sherlari

4-o`quvchi: Onalar bor ekan, olam munavvar. Onalar uyimiz charog`boni. Agar uyimizda bir kun onamiz bo`lmasa, uy bamisoli zimistonga aylanadi.
5-o`quvchi: Kechalari uxlamasdan farzandiga qaragan,
Oq sut berib, alla aytib, oq yuvib, oq taragan.
Betob bo`lsa bolasi, parvonadir boshida,
Tuzalguncha jonsarak bo`lgan uning qoshida.
6-o`quvchi: Ona shunday buyuk zotki, u bosgan izlardan gullar unadi, ona shunday mehribonki, uning bag`ridan mehr yog`dulari yog`iladi.
6-o`quvchi: Shunday eka, onalarni asrang, aziz farzandlar.
7-o`quvchi: Biz farzandlar baxtiga doimo Onajonlarimiz sog` va omon bo`lsinlar.
O`g`il va qiz bolalar jamoasi ijrosida ,,Onajonim “ qo`shig`i kuylanadi.

Onajonim , Ko`zim ochib Duo qiling Mehribonim, Sizni ko`rdim . Tezroq o`say, Men gul bo`lsam, Siz tufayli Tinchlik uchun Siz bog`bonim. Inson bo`ldim. Hissa qo`shay.
Boshlovchi:
Hozir navbatni mo`tabar onajonlarimiz haqidagi sahna ko`rinishiga beramiz. Marhamat!

Dedilar: Sendan yuksak nima bor yulduz!?
Dedi: Ona mehri.
Dedilar: Sendan keskir nima bor olmos!?
Dedi: Onalar qahri.
Dedilar: Qaydan olding otashni Quyosh?
Dedi: Ona qalbidan.
Dedilar: Po`lat, qaydan senda zo`r bardosh?
Dedi: Ona sabridan.
Dedilar: Senmi ko`klam, hayotbaxsh fasl?
Dedi: Yo`q, ona izi.
Dedilar: Senmi totli, shifobaxsh asal?
Dedi: Yo`q, ona so`zi.
Dedilar: Dengiz senmi, kenglikda tanho?
Dedi: Ona og`ushi.
Dedilar: Sendan shaffof ne, tonggi ziyo?
Dedi: Ona boqishi.
Dedilar: Senmisan eng saxiy, tabiat?
Dedi: Yo`q-yoq, onalar.
Dedilar: Baxt bituvchi senmisan, hayot?
Dedi: Yo`q-yoq, aslo, u ham onalar.
Ana, onalarimizga berilgan baho! Bu satrlar go`yo har birimizning yurak sadomizga o`xshaydi.

Davomi 2

1-o`quvchi:
Bahor bilan boshlanar shukuh,
Izhorlari dilni etar but,
Bardoshlardan ariydi sukut,
Ayolini ardoqlagan yurt.
2-o`quvchi:
Siz oromijon ekansiz,
Farzandga darmon ekansiz,
Bir tan-u bir jon ekansiz,
G`amxo`rimsiz siz onalar,
Qalb qo`rimsiz siz onalar.
3-o`quvchi:
Onajonim ko`kdagi hilo,
Yun qo`ynida oppoq, tiniq oy.
Onalarga jahon qolgan lol,
Siz borsiz-ku, men haqiqiy boy.
Boshlovchi:
Endi Alisher Fayz ijrosidagi ,,Onam o`ynasin” qo`shig`iga beramiz va onajonlarimizni davraga taklif etamiz.
Boshlovchi:
Darhaqiqat, O`zbekiston xalqi onalarmni boshiga ko`tarib yurishni, ularni ardoqalshni sharaf deb biladi.
Hatto yurtboshimiz ham onalarni, ayollarni, jajji qizlarni e’zozlash borasida hammaga ibrat bo`lmoqdalar. Shu bois jamiyatimizda onalarning qadri baland, mavqei ulug`dir. Shunday mo`tabar onalarimizni yana bir bor 8-mart bayrami billan chin qalbdan qutlaymiz.

8-mart tadbir senariysi yuklab olish.

1-o`quvchi:
Bahorning ilk bayrami
Onajonlar bayrami.
Yo`lingizga poyondoz
Gul-chechaklar boylami.
Baxtimizga sog` omon
Bardam bo`ling onajon.
Xursand bo`ling, shod bo`ling
Rohat ko`ring onajon.
2-o`quvchi:
Bayram bilan qutlasak
She’r quyilib keladi.
Oftob asta ilitib
Shamol asta yeladi.
Onalarni ulug`lash
Elimizga odatdir.
Onalarning duosi
Bizga baxt-saodatdir.
Boshlovchi:
Aziz mehmonlar! Shunig bilan onajonlarimizga bag`ishlangan bayram tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi. Tadbirimizning aziz mehmoni bo`lganingiz uchun katta rahmat. Sog`-omon bo`ling. Sizlarni hech qachon bayram kayfiyati tark etmasin.

8 mart sherlari

Boshqa yana ssenariylar shu yerda>>

Ssenariy saytdan yuklandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting