Oʻzbekiston oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga neyron tarmoqlar boʻyicha kurslar qoʻshildi

Oʻzbekiston oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga neyron tarmoqlar boʻyicha kurslar qoʻshildi

Informatika oʻqituvchilari uchun bepul kurslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Kurslar doirasida oʻqituvchilar:
➖ Neyron tarmoqlar va ularning qoʻllanilishi haqida maʼlumot.
➖Python dasturlash asoslarini, jumladan, asosiy konstruksiyalar va obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash prinsiplarini oʻrganadilar.

Kurslar nazariy va amaliy darslarni oʻz ichiga oladi, bu Python dasturlash tilini avvaldan bilmasdan ham materialni oʻzlashtirish va uni oʻz ishida darhol qoʻllash imkonini beradi. Barcha materiallar ishtirokchilarda doimiy ravishda qoladi.

Kurslarning asosiy jihatlari:
➖ Python boʻyicha oltita boʻlim; ishda eng muhim mavzular va vazifalarni tanlash imkoniyati.
➖ Oʻqituvchilarga qulay vaqtda oʻqish imkonini beruvchi onlayn-format.
➖ Oʻquvchilar uchun Python dasturlash boʻyicha qoʻshimcha materiallarga va avtomatik tekshiruvga ega tayyor vazifalarga kirish imkoni.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola orqali qisqa anketani toʻldirish kerak: https://shorturl.at/NmWGl

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting