Jasorat maktablar 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi

Jasorat maktablar 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

➖ murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

➖ shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot  yaratildi;

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining barcha hududiy boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting