Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi tanlovi haqida. Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi tanlovi haqida.
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov joriy yilning mart–may oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi:
➖ tuman (shahar) bosqichi – mart oyida;
➖ hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi – aprel oyida;
➖ Respublika bosqichi – may oyida.
Ko’rik-tanlov g‘oliblari:
🥇o‘rin uchun 30 million;
🥈o‘rin uchun 20-million;
🥉o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Tanlovda ishtirokchilar 2 shart asosida — blits savol-javoblar hamda taqdimot asosida kuch sinashishadi.
BU MUHIM!
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.