Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan  “Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini xalqaro talablar asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra:

➡️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti negizida Chirchiq davlat universiteti;
➡️ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

  • ◀️2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
  • 🟢malaka talablari va o‘quv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi va o‘quv jarayoniga joriy etiladi;
  • 🟢tanlov asosida ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga stajirovka hamda malaka oshirishga yuboriladi;
  • 🟢o‘zaro kelishuvlar asosida akademik mobillik yo‘lga qo‘yiladi;
  • 🟢muassasalarning soha korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallari tashkil etiladi;
  • 🟢Institutda “spin-off” korxonasi yo‘lga qo‘yiladi;
  • 🟢bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalari ish beruvchi korxona va tashkilotlarda o‘tkaziladi;
  • 🟢ularda darslarni xorijiy tillarda o‘qitadigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

2027-yil 1-sentyabrga qadar Universitetda o‘quv ustaxona va “Biotexnologiya”, “Sun’iy intellekt”, “Ekologiya xavfsizligi” o‘quv laboratoriyalari tashkil etiladi.

Universitet huzurida Turizm tadqiqotlari markazi hamda Transformatsiya markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Universitet hamda Institutning yuqori kurs talabalarini haq to‘lanadigan ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Institutda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab Universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Tavsiya etamiz : Javoblar varaqasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting