Bosh sahifa » Topishmoqlar javobi bilan » Topishmoqlar to’plami
Topishmoqlar javobi bilan

Topishmoqlar to’plami

Topishmoqlar javobi bilan. Ushbu maqolada bolalar va kattalar uchun Topishmoqlar javobi bilan saralab joylashtirdik. Topishmoqlar — bu asosan og’zaki yoki yozma ravishda beriladigan, javobni topish uchun fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollardir. Ular ko’pincha hayotiy vaziyatlar, tabiiy hodisalar, yoki oddiy ob’ektlar bilan bog’liq bo’ladi. U o’yin-kulgi sifatida, shuningdek, bilim va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun ishlatiladi.

Bunday Topishmoqlar odatda quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:

  1. Qiziqarli: Savol yoki ibora qiziqarli va mantiqiy tuzilgan bo’lishi kerak.
  2. O’yin uslubi: Ko’p hollarda o’yin sifatida beriladi va musobaqa tuzish uchun foydalaniladi.
  3. Javobni yashirish: Topishmoqda javobni to’g’ri topish uchun ma’lum bir mantiqiy fikrlash jarayoni kerak.

Topishmoqlar javobi bilan.

Tomdan tuxum irg‘itdi.

Do’l


Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.

Shamol


Tebranadi joni yo‘q

Zilzila


Zarga sotilmas, Zo‘rga topilmas.

vaqt


Qozonda emas qaynaydi, qishin yozin tinmaydi.

Buloq.


Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas.

havo


Oyog‘I yo‘q qochadi,
Qanoti yo‘q uchadi.

bulut

Otlari har xil, yoshlari bir xil.

Hafta kunlari


Ko‘msa ko‘milmaydi.

Soya


Oppoq qushim qaqillar,
Qanotlari shaqillar.

Sharshara


Kunduzi kaltaklashar,
Kechasi quchoqlashar.

Kipriklar


Temir qo‘rg‘on ichida, qizil toychoq o‘ynaydi.

Til.

Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi.

Lab

Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.

Barmoqlar.

Meni so‘raydilar, Ko‘rinsam qochadilar.

Yomg’ir

O‘tmas pichoq yer kovlar.

Tomchi

Ismi bor, jismi yo‘q.

Shamol

Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.

Odamning bolaligi, yigitligi, keksaligi

O‘zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘I oltita.

Ot mingan odam.


Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.

Ko’z

Qanoti bor uchmaydi, quruqlikda yurmaydi.

baliq


Osti tosh, usti tosh, o‘rtasida jondor bosh.

Toshbaqa.

Ovozasi azonda, mazaligi qozonda

Xo’roz.


Osh ichida tosh, tosh ichida osh

O’rik


Osmondan tushdi bir tugun, usti baxmal, ichi un

 Jiyda.

Suv emas, suyuq, qor emas oq

Sut.


Otasi bor, onasi bor, o‘n ikkita bolasi bor.

Narvon.


Oyog‘I yo‘q yuradi, og‘zi yo‘q gapiradi.

Soat


O‘zi bitta, ko‘zi mingta.

Elak.

Ushbu topishmoqlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi. Siz bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib borishingiz mumkin.

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

error: Saytdan ko'chirib, boshqa saytlarga chop etish mumkin emas. Barcha maqolalar maxsus belgi bilan belgilab qo'yilgan. Ko'chirilgan ma'lumotlar shu belgi asosida bilib olinadi. Ogoh bo'ling agar ko'chrilishi sezsak sizni saytingiz dublikat bo'ladi.
Scroll to Top