Bosh sahifa Teglar Hujjat topshirish

Teg: Hujjat topshirish

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi. (https://t.me/uztdi/8484) ➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos; ➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi; ➖ Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas; ➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi; Hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi. ➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat...
error: Saytdan ko'chirib, boshqa saytlarga chop etish mumkin emas. Barcha maqolalar maxsus belgi bilan belgilab qo'yilgan.