Vatan haqida sherlar 4 qator. Oldingi postimizda ham vatan haqida sherlarni joylashtirgan edik. Vatanni tarannum etuvchi sherlar to’plamini taqdim etishda davom etamiz.
Vatan — har bir insonning qalbida muqaddas joyga ega bo‘lgan, ona tuprog‘imiz, o‘zimiz yashaydigan va u bilan bog‘liq bo‘lgan yer. Vatan, nafaqat geografik joy, balki tarixiy, madaniy va ruhiy merosimizni o‘zida mujassam etgan tuyg‘udur. Har bir millat va xalq o‘zining tarixiy, madaniy va ma’naviy an’analari bilan birga, o‘z vataniga bo‘lgan mehrini, sevgisini va sadoqatini oshiradi.
Vatan bizning kelajagimiz va istiqbolimizni belgilaydi. U bizni tarbiyalaydi, qayerdan kelganimizni, qayerga borishimiz kerakligini bilishga yordam beradi. Bizning uyimiz, oilamiz, do‘stlarimiz va hayotimizdagi boshqa muhim narsalar ham vatanimizning bir qismidir. Vatan bizni birlashtiradi, umumiy qadriyatlar va maqsadlar atrofida birlashtiradi.
Vatan haqida sherlar 4 qator.
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
Men nechun sevaman O’zbekistonni.
Мен нечун севаман Ўзбекистонни,
Тупроғин кўзимга айлаб тўтиё.
Нечун ватан, дея еру осмонин,
Муқаддас атайман, атайман танҳо.
Аслида дунёда танҳо нима бор?
Пахта ўсмайдими ўзга элда ё?
Ёки қуёшими севгимга сабаб?
Ахир қуёшли-ку, бутун Осиё.
Мен нечун севаман Ўзбекистонни,
Боғларин жаннат, деб кўз-кўз этаман.
Нечун ардоқларкан тупроғини мен,
Ўпаман, тупроғинг бебаҳо, Ватан!
Аслида тупроқни одил табиат,
Тақсим айлаган-ку, ер юзига тенг
Нечун бу тупроқ, деб йиғлади Фурқат,
О, Қашқар тупроғи, қашшоқмидинг сен?
Мен нечун севаман Ўзбекистонни?
Сабабини айтгин, десалар менга.
Шоирона, гўзал сўзлардан олдин,
Мен таъзим қиламан она халқимга:
Халқим, тарих ҳукми сени агарда,
Мангу музликларга элтган бўлсайди,
Қорликларни макон этган бўлсайдинг,
Меҳрим бермасмидим ўша музларга?
Ватанлар, Ватанлар, майли, гулласин,
Боғ унсин мангулик музда ҳам, аммо,
Юртим, сени фақат бойликларинг чун
Севган фарзанд бўлса, кечирма асло!
O’zbekiston sheri
Юртим, сенга шеър битдим бу кун,
Қиёсингни топмадим асло.
Шоирлар бор, ўз юртин бутун —
Олам аро атаган танҳо.
Улар шеъри учди кўп йироқ,
Қанотида кумуш диёри,
Бир ўлка бор дунёда, бироқ
Битилмаган достондир бори:
Фақат ожиз қаламим маним,
Ўзбекистон, Ватаним маним.
Юрмасман ҳеч беҳиштни излаб,
Тополмасам чекмасман алам.
Ўтирмасман эртаклар сўзлаб,
Мусалло деб йўнмасман қалам.
Кўкламингдан олиб сурурни,
Довруғ солди устоз Олимжон,
Ғафур Ғулом туйган ғурурни
Қилмоқ мумкин дунёга достон.
Олис тарих қадамим маним,
Ўзбекистон, Ватаним маним.
Vatan bu – Vatan haqida sherlar
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)
Xumo Qushim.
Nigohlari jur’atkor,
Parvozlari shiddatkor,
Ozod elga najotkor
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Qanot qoqib uchadi,
Ufqlarni quchadi,
Baxt eshigin ochadi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Quyosh kabi ziyosi,
Chaqmoq kabi qiyosi,
Xalqim mehrigiyosi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Ezgu niyat jarchisi,
Orzu umid elchisi,
Istiqlol xabarchisi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!.
O’zbekiston bayrog’i.
Porlagan yurt charog‘i,
El baxti, ko‘z qarog‘i.
Iftixori, ardog‘i –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Allomalar naslimiz,
Ozod yurtda baxtlimiz.
o‘ururimiz, faxrimiz –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston,
Giyohi tanga darmon.
Jumla-jahonga doston
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ushbu sherlar kh-davron.uz saytidan olindi.
Ajoyib
K
Zor
Assalomu aleykum aziz ustozlar
Ajoyib
Doniyor Maftuna
O’zbekiston haqida she’r
Sher
😘
Salom🖐😅😂
Salom
Õzbek
Reeee3e333222
Jkm
56
Nega katta sinflar ucun sherlar yoq
Ajoyib bo’ladi ko’proq sherlar kerak.
Yaxshi sherlar ekan raxmat
Hammasi detskiyu katta sinflar uchunam tashelar
ajoyib
Chiroyli
.
123
Ajoyib
llloooo
Qoyil gap yoʻq
Oltin toʻla konimiz,
Tandir toʻla nonimiz.
Vatan maktab onamiz,
Oʻqishni oʻrganamiz.
Zo’r
Salom iltimos menga 4 qatorli sherlar top beromiszmi kottalar uchon faqat
vatan haqida uzunroq sher
Bu brauzerda juda ham ajoyib she’rlar mavjud ekan!
Bu sayitda man qidirgan ko’p she’rlar mavjud ekan!
Rrrrrrrrrrdd
Ajoyib ,qoyil.
Жудаям зур шерлари бор экан мазза килиб кизим билан ёдлаяпмиз
Yaxshi sherlar ekan raxmat
Zoʻr chiqibdi
Yomon chiqibdi
Ijodizga omad
katta rahmat
Mm boladi
𝐓𝐡𝐚𝐧𝐤 𝐲𝐨𝐮 😊
𝐀𝐬𝐬𝐚𝐥𝐨𝐦𝐮 𝐚𝐥𝐚𝐲𝐤𝐮𝐦 𝐯𝐚 𝐫𝐚𝐡𝐦𝐚𝐭𝐢𝐥𝐨𝐡𝐮 𝐛𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭𝐮🤗
Rahmat zòr
Zuy
Ajjjjoooyibbbbb
Sdgrgt
zoʻr sherlar🖐️🙃
Zor ❤❤
Zohit
Yaxshi
zo’r
Xo’r
Juda zõr