Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar

Ustoz va murabbiylar haqida she'rlar

Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar. Ustoz va murabbiylar kuni O’zbekiston diyorida keng nishonlanadi. Ushbu bayram o’qituvchi va murabbiylar kuni deb ham aytiladi. Quyida ustoz va murabbiylar haqida she’rlar va ustoz va murabbiylar kuni tabriknomalar ushbu maqolada joylashtirildi.

Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar.

Ustoz va murabbiylar haqida she'rlar.

Sizgadir yurakda asragan so‘zim,
Тo mangu ta’zimda turaman o‘zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

G‘am ko‘rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko‘ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo‘llarimda dildosh, deb bildim,
Yo‘limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo‘llarida yo‘ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo‘lida tolmang, Ustozim!

Ustoz otangday ulug’ sheri.

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Fan bog’bonisan, Muallim.

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.

Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.

Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.

Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.

Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin!!!

Ustoz haqida rasmli tabriklar 1-oktabr sherlar

Ustozim jonim – o’qituvchi va murabbiylar kuni sherlar.

Ustozim jonim - o'qituvchi va murabbiylar kuni sherlar.

Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbe kitob.

Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.

Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.

O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.

Ustoz haqida boshqa sherlar 1-oktabr sherlar

Ustozga tilak – ustoz va murabbiylar haqida sherlar.

Ustozga tilak - ustoz va murabbiylar haqida sherlar.

Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.

Тunlar sizga hamnafas,
Qog‘oz, kitob uyulgan.
Qo‘lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.

Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog‘mi?!

Yillar o‘tib ulg‘ayib,
Bergan so‘zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Тurishingiz xohlayman.

Ustozlar sabog’i.

Umrning eng go‘zal lahzalarida
Do‘stim, sen-la birga partadosh edik.
Iqbol kitobidan misralar o‘qib,
Kamolot yoshiga yonma-yon yetdik.

Yurak eshigini qoqadi sog‘inch,
Qaytmas kunlar yodi silar sochlarim.
Bir yorug‘ sinfda o‘qib, sirlashib,
So‘ng yuksakka uchgan qaldirg‘ochlarim.

Ustozlar sabog‘i dilimga tutash,
Oltin hikmatlarin yurakdan tuydim.
Maktab yillarida bahoga to‘lgan
Jajji kundaligim avaylab qo‘ydim.

Unutib bo‘larmi o‘sha damlarni,
Qayda bo‘lmay hamroh munavvar yodi.
Sinfdoshlarimning umr yo‘li keng,
Barq urgan tolega to‘lsin hayoti.

Qiz bolalar uchun ustoz haqida.

Quchog‘ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko‘z edim.

Kun sayin g‘o‘r dilimni,
Uyg‘otardi saboqlar.
Men bag‘ringda ko‘p topdim,
Dugona-yu o‘rtoqlar.

Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so‘zlari.
Maktabim, yo‘llaringda,
Qoldi jajji izlarim.

Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.

Ustoz haqida rasmli tabriklar Ustoz haqida boshqa sherlar

Shu kabi boshqa sherlar va ta’lim yangiliklarini telegram kanalidan ham yuklab oling.

30 Izohlar

  1. Bizni yo‘limizni yoritgan ustoz
    Hayotni nimaligin anglatgan ustoz
    Odob nimaligin o‘rgatgan ustoz
    Tazim aylagaymiz sizga jon ustoz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting