Ota haqida sher

Tasirli ota haqida sher

Tasirli ota haqida sher yoki dada haqida sher sizlarga havola etamiz. Ota – har bir insonning hayotidagi eng muhim shaxslaridan biri. U nafaqat oilaning boshlig‘i, balki do‘st, maslahatchi va qo‘llab-quvvatlovchi sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Ota bolalarga hayotdagi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, ularga bilim va tarbiya berish, shuningdek, o‘zining hayotiy tajribasini ulashish uchun harakat qiladi.

Otaning mehr-muhabbati va sabr-toqati, uning bola uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. U oilada hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, bolalarga o‘z maqsadlariga erishishda yordam beradi va ularga muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va axloqiy ko‘nikmalarni o‘rgatadi.

Ota bo‘lish – bu katta mas’uliyatdir. Ota bolalarining o‘sishi va rivojlanishida ulkan ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun uning o‘rni har doim beqiyosdir. Har bir bola o‘z otasining nazarida ulkan orzularni ko‘rishi va ularga erishish uchun ilhomlanishi muhimdir. Dada va bola o‘rtasidagi aloqalar, mehr-muhabbat va ishonchga asoslangan bo‘lishi kerak, chunki bu aloqalar hayotda ko‘plab qiyinchiliklarni engishda yordam beradi.

Ular, har qanday sharoitda, farzandlarining baxtini va kelajagini o‘ylab, ularga qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lib xizmat qiladi. Ota bo‘lish – bu hayotdagi eng katta quvonch va mas’uliyatdir.

Ota haqida tasirli sher.

Dada duo qiling yosinni o‘qib,
Yana yiroqdaman, yana firoqda,
Musofir yurtlarda yashamay qo‘rqib,
Sog‘inchlar solmasin dilni qiynoqda.

Dada duo qiling yosinni o‘qib,
Xayolim matlabin hayotda ko‘ray,
Armonlar soyamday qilmasin ta’qib,
Niholim o‘stirib davronlar suray.

Dada duo qiling har tong, har sahar,
Dillarni yayratar qiroatingiz,
Yuragim qonini ichmasin kadar,
Yiroqda asrasin tilovatingiz.

Dada duo qiling uzun yo‘llarim,
Uzun rohatlarga aylansin beshak,
Orzu osmoniga yetsin qo‘llarim,
Dudog‘im kulgiga suyansin andak.

Dada duo qiling murodga yetib,
Boshimni ko‘tarib uyimga qaytay,
Qalbimda jo‘sh urgan mehrimni tutib,
Qo‘ng‘irsoch bolamga ertaklar aytay.

Dada duo qiling…

Bolasidan ayrilgan ota – ota haqida sher.

Bolasidan ayrilgan ota - ota haqida sher.

Qiynoqlarga chidolmay abgor,
Umri oʻtdi dard bilan yota.
Koʻzyoshlari — tugalmas anhor,
Bolasidan ayrilgan ota.

Sindi sabri, tugadi toqat,
Oʻziga ham qilmadi shafqat.
Tushida ham bolasi faqat,
Bolasidan ayrilgan ota.

Oʻz-oʻzidan kechmogʻi tayin,
Sogʻinch azob berar kun sayin.
Koʻzyoshlari tomadi mayin,
Bolasidan ayrilgan ota.

Har goʻshasi dardning oʻchogi,
Yuragida armon pichogʻi.
Makonidir xasrat quchogʻi,
Bolasidan ayrilgan ota.

Ogʻir yukni kotardi, mana,
Dunyolar ham titradi yana.
Umri endi misli vayrona,
Bolasidan ayrilgan ota.

Azob berar ayriliq qoʻli,
Makonidir Mashrabning choʻli.
Nadomatga eltar har yoʻli,
Bolasidan ayrilgan ota.

Unutadi oʻzin qadrini,
Togʻlar hayron koʻrib sabrini.
Bolasini yoʻqlar qabrini,
Bolasidan ayrilgan ota.

Ona haqida sherlar Ota ona haqida maqollar

Men siz uchun armon boʻldim

Mehringizni, boringizni ayamasdan,
Bolamga deb yugurdingiz yeldingiz,
Odam boʻlsin, oʻqisin deb charchadingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.

Kasal boʻlsam tabiblarga yugurdingiz,
Kechalari uxlamasdan tik turdingiz.
Alloxim, sen shifo ber, deb yosh toʻkdingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.

Qariganda umid qilib mexru-shafqat,
Qoʻpol soʻzni oldingiz-ku mendan faqat.
Farzandimni asragin, deb panox soʻrab,
Evaziga, onajonim nima berdim?
siz uchun-chi. otajonim nima qildim.

Oqladimmi «farzand» degan buyuk nomni?
Ayadim-ku axir kulcha nonni.
Mexmon qilib yozmadim-ku dasturxonni,
Onajonim, men siz uchun nima qildim?
Otajonim, men sizlarga nima berdim?

Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Qayg‘umning qayg‘usi bag‘rim kemirmoq,
G‘animim orzusi qadrim yemirmoq.
Yagona o‘tinchim, orzuim mening,
Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Sinovlar xanjari suyakka yetgan,
Sog‘inchlar azobi jonimdan o‘tgan.
Har kuni, har lahza nigoron kutgan,
Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Yuzdagi chiziqlar mening zahmatim,
Qalbida og‘riqlar dardim, hasratim.
Eng katta davlatim, baxtu omadim,
Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Fasllar aylanar beun, besado,
Diydorga zor dilni qilgancha ado.
Umidim, sevinchim ey, Qodir Xudo,
Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Shon-shuhrat talashmoq musofirgamas,
Ko‘k bilan bellashmoq musofirgamas.
Har yurtdan yiroqqa eng oliy havas,
Otayu onasin sog‘ omon ko‘rmoq.

Umidim, sevinchim ey, Qodir Xudo,
Otam va onamni sog‘-omon ko‘rmoq.

Otang gʻanimatdir – Ota haqida tasirli sher.

Otang gʻanimatdir - Ota haqida tasirli sher

Kel bir zum chetga sur, dunyo tashvishin,
Bir muddat oʻylama uy-roʻzgʻor ishin.
Yoʻlingga intizor eng yaqin kishing,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Otangdek inson yoʻq koʻngli oq, halol,
Topilmas onangdek mehribon ayol.
Bugun hayot boʻlsa, ertaga hayol.
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Holidan xabar ol takror va takror,
Erta ota onang topilmas zinhor.
Hatto asaldan ham shirindir diydor,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Borligi bir neʻmat, soʻzi ming hikmat,
Ularning hayoti bizga dars, ibrat.
Borib duosin ol, fursat gʻanimat,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Gar seni yoʻqlasa hozir boʻl darhol,
Xizmatin qilish hech kelmasin malol.
Erta afsus qilib yurma, quloq sol:
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!

Otangning sochiga tushibdi qirov,
Onangning yuzlari ajindan «bezov».
Hech bergan mehringni qilmagin oʻlchov,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang.

Otajonim omon boʻlsangiz

Har qanday kun oʻtib ketadi,
Nigohlarim koʻklarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon boʻlsangiz,

Onajonim omon boʻlsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu koʻzlar, umrimga maʻno,
Jannatlardan bersin nur mavo,

Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Ozor berib qildim koʻp gunoh,
Yoshlik qilib koʻp bo’ldim gumrox,

Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon  boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,

Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan koʻrasiz safo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.

Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo’lsangiz,

Onajonim omon bo’lsangiz.
Sizlar menga armugʻon doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo’lim ochib, yangrar duoyim:

Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Boʻlaman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh boʻlsin ofiyat,

Har on boʻlar dilda bir niyat:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,

Bu soʻz mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud boʻlar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.

Ota – Muhammad Yusuf.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o’tlar bosgan o’rmonim bor.
Qizg’aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o’tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag’ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo’ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to’lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o’zingsan eng muqaddasim,
Bag’ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo’lib bir odamni tushunmaslar,
Ko’zingda yosh ko’rib ham goh o’kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo’l cho’zib turgan qalqonim bor…

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O’lgunimcha endi undan ayrilmasman –
O’z otamdek bo’lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o’rmonim bor,
Qizg’aldoqlar bosh egib qon yig’lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

Ona haqida sherlar Ota ona haqida maqollar

Otam – Ota haqida tasirli sher.

Otam - Ota haqida tasirli sher

Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.

Bu dunyo sinovli yolgʻonchi dunyo,
Oʻtgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim boʻlsada ammo,
Boʻlolmas siz kabi dartkashim Otam.

Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni eshitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib boʻlibman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.

Bogʻ ichra gurkirar chamanzor ravon,
Tinmagay har nafas mehnatkash bogʻbon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qoʻli gul bogʻbonim Otam.

Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur koʻkdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda soʻzim,
Togʻ kabi sarviqor osmonim Otam.

Joningizga jon boʻlolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa edi berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bogʻim,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!

Dadam – ota ona haqida sherlar.

Sochlariga oralagan oq,
Ko’rsatganlar hayotdan saboq,
Sizni rozi qildimmi yo yoʻq?
Shu savolga qo’yarman soʻroq.

Xech kimsadan kam ham qilmagan,
Mehnat qilib sira tinmagan,
Unitgandir balki o’zini,
Ammo har dam bizni oʻylagan,

Katta yoʻlga qoʻyganda qadam,
Doyim meni qo’llagan dadam.
Yiqitganda beshavqat dunyo,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan dadam.

Otamni, onamni asragin olloh.

Chiroyli hayotni tuxfa aylagan.
Farzandlarin shoxdek yuksak saylagan.
Oʻzini unutib bizni oʻylagan.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Xayotda goxi payt chekib zaxmatni.
Sabr va shukurda qilgan mehnatni.
Sira aytmadilar biror minnatni.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Jonini fidolar qilib yashaydi.
Baxtni quchib, gʻamni ortga tashlaydi.
Biri quyosh, biri oyga oʻxshaydi.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Xizmatida boʻlay, dunyo turguncha.
Yoshim ulgʻayibdi, qadrin bilguncha.
Men xali ularni rozi qilguncha.
Otamni, onamni asragin Olloh.

Shu kabi sherlar va talimga oid xabarlarni telegramdan kuzating.

Ushbu sherlarning ba’zilari Ota Ona Haqida Statuslar telegram kanalidan va ma’lumot.ru saytidan olindi. Bazilari esa taffakur.net saytidan olindi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting