Tadbir uchun tanishtiruv sherlari

Tadbir uchun tanishtiruv sherlari

Tadbir uchun tanishtiruv sherlari hamda salomlashish tadbir salom haqida sherlar. Tadbirni boshlash uchun tanishtiruv matni katta ahamiyatga ega, chunki u qatnashchilarga tadbirning maqsadi va ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Matn qisqa, aniq va qiziqarli bo’lishi kerak.

Tadbirning boshlanishi uchun tanishtiruv matnlari

Misol 1:

Salom, hurmatli mehmonlar va qatnashchilar!

Bugun biz sizlarni o’ziga xos va muhim tadbirimizga taklif qilishdan juda xursandmiz. Bizning maqsadimiz – [tadbirning maqsadi, masalan: «jamiyatdagi muhim masalalarga e’tibor qaratish», «madaniyat va san’atni targ’ib qilish», «yangilik va innovatsiyalarni muhokama qilish»].

Tadbir davomida biz sizlarga [tadbir dasturi, masalan: «qiziqarli chiqishlar, ma’ruzalar, ko’rgazmalar»] taqdim etamiz. Sizning qatnashishingiz va faol ishtirokingiz bu tadbirni yanada muhim va esda qolarli qiladi.

Keling, birgalikda vaqtimizni samarali o’tkazaylik va yangi bilimlar orttiraylik. Tadbirimizni rasmiy ravishda ochamiz va sizni dastur bilan tanishtiramiz. Xush kelibsiz!

Misol 2:

Assalom alaykum, aziz mehmonlar!

Bugun biz [tadbirning nomi, masalan: «Xalqaro Innovatsiyalar Forumi»] ni o’tkazish uchun yig’ilganmiz. Bizning asosiy maqsadimiz – [tadbir maqsadi, masalan: «yangiliklarni joriy etish va tajriba almashish»].

Sizlarni qiziqarli va mazmunli dastur kutmoqda. [Dastur qisqacha tasviri, masalan: «boshqaruv va strategiya bo’yicha seminarlar, ekspertlarning chiqishlari va interaktiv sessiyalar»].

Tadbirimizni boshlashdan oldin, barcha ishtirokchilarimizga yaxshi vaqt o’tkazish va yangi g’oyalar olishni tilaymiz. Xush kelibsizlar!

Tadbir uchun tanishtiruv sherlari

O’zbegimning qiziman,
Tomaris ildiziman.
Nodira-yu, Uvaysiy,
Men ularning iziman.
Alpomish-u, Gorogli,
Termiziylar qiziman.
Ota-onam ishongan,
Eng porloq yulduziman.

#MUNISA
Yuzlaridan tabassum
Hech ham arimas
Bellashuvga bel bog’ladi
Munisaxon yengilmas.

#NARGIZA
Sinfimiz a’lochisi
Zulfiyaxonim davomchisi
Nargizaxon qizimiz
Hamma ishda sardorimiz.

#MUNIRA
Munira deb atashgan
Dugonamning ismini
Nozikligi loladek
Ko’rib qo’ying o’zini

#SAIDA
Saidaxon , Saida
Qani dildan jo’shingiz
G’olib bo’lish osonmas
Kuch-g’ayratga to’lingiz

#DILAFRUZ
Dilafruzga taraf yo’q
Unga baxt-omad kular
«Balli qizlar» bazmida
Albatta g’olib bo’lar

#LOBAR
U doimo boradi
Allomalar izidan
Quvonch yashnab turadi
Lobarxonning ko’zidan.

#NOZIMA
Unga teng kelolmaymiz
Ozodalik bobida
Ham chevar , ham pazandamiz
Nozimaxon qizimiz

Tadbir uchun tanishtiruv sherlar boshqa ismlar

Shahrinoz:
Osmondagi Oydayin
Yoyilib oqqan soydayin
Davramizga fayz bergan
Hamma:Onaxonlarga salom

Mavzuna
Yuzlarimiz gul qilgan
Savodimiz mo’l qilgan
Ta’lim tarbiya bergan
Hamma:Ustozlarga ming salom

Nargiza
Atlas ko’ylak kiyganlar
Yugurib xizmat qilganlar
Chaqqonlikdan dars bergan
Hamma:Quvnoq qizlarga salom

Mohira
Bayram deb yig’ilganlar
Sher qo’shiqqa ilinganlar
Tadbirga navo bergan
Hamma:San’atkorlarga ming salom
Mehrinoz:Qora ko’zi munchoqday
Darsga zehni quchoqday
Maktabda bayram ekan
Hamma:Barchangizga ming salom

Ruxsora
Kim oqilu kim dono
Muhomakaga kelgan
Odil qarorni beruvchi
Hamma:Hakamlarga ming salom

Nozanin
Boshlang’ichim deb yugurgan
Kamchiligin yashirgan
Bellashuvga chaqirgan
Hamma:Direktor o’rinbosariga salom
Bizning guruh:Jajji malaklar.
Bizning shior:Ilm-u hunar o’rgansang,o’rgan mukammal.

Salomlashish tadbir salom haqida sherlar

Assalom azizlar, qalbi quyoshlar

Mehringiz nuridan bahrimand yoshlar

Yurakdan sizga aylaymiz salom

Ta’zim aylab deymiz salom assalom

Mehribon ustozlar Salom, Assalom

Qalbimning qo’rida sizgadir kalom

Mehribon ustozlar salom,assalom.
Sog’inchim yetaklar faqat siz tomon
Bizlarni suyguvchi,sizlarsiz mudom.

Bugun shodliklarim yetar samoga
Bugun bayramingiz,qutlayman dildan.
Masofa bo’lsa-da biroz olisdek
Tabrigim yo’llayman sizga ko’ngildan.

Baxtimiz bog’ida ungan chechaklar
Poyingiz nurlarga,gullarga to’lsin.
Vatanning ishonchi,g’ururi sizlar
Yuzingiz doimo quvonchdan kulsin.

Aziz ustozlarim sizga ming ta’zim
Qabul aylang Shaxnoz qutlaydi sizni.
Bir tilak,bir istak aytayin yana
Baxtiyor kunlarda unutmang bizni.

Ushbu sherlar bolajonim mening telegram kanalidan hamda savol javob.com saytidan olindi.

20 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting