Tabiat haqida sherlar

Tabiat haqida sherlar

Tabiat haqida sherlar bolalar uchun. Tabiatimiz haqida sher. Tabiat (tabiat) — bu Yer yuzasidagi barcha tabiiy narsalar, shu jumladan, toshlar, o’simliklar, hayvonlar, va ularning o’zaro aloqalari. Tabiat odamlarning yashash joyi bo’lib, uning tarkibiy qismlari ekologik tizimlarning bir qismini tashkil etadi.

Tabiatning muhofazasi va saqlanishi muhim ahamiyatga ega, chunki u insoniyatning hayoti uchun zarur bo’lgan tabiiy resurslarni taqdim etadi va ekologik muvozanatni saqlaydi. Tabiatning buzilishi va ifloslanishi ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli tabiatni muhofaza qilish va barqaror foydalanish dolzarb masaladir.

Tabiat haqida sherlar.

Buyuk ona tabiat,
Tilsimlaring juda moʼl.
Bizlarga berib sabot,
Koʼrsatasan toʼgʼri yoʼl.

Exson kutmaymiz sendan,
Bu bizning chin soʼzimiz.
Аksincha, kashfiyotni,
Yaratamiz oʼzimiz!…

Tabiat gullaydi so’ladi.

Tabiat gullaydi so'ladi.

Tabiat gullaydi, so’ladi,
Fasllar o’tadi – yangragan qo’shiq.
Bizlar esa uning bir bo’lagi –
Minnati yo’q, manfaati yo’q.

Tog’lar dunyo qadar qadim ko’rinar,
Og’ir, sobir, kamtar, bag’ri to’q.
Kumush qorlar yog’ar, toshda gul unar,
Minnati yo’q, manfaati yo’q.

Yomg’irdan so’ng kamalak balqib,
Ostida daryoday mavjlanar ufq.
Ranglar, kenglik, yog’du – xushbo’y, salqin,
Minnati yo’q, manfaati yo’q.

Tabiatga faqat safar muqaddas,
Suzishga sozlangan kemadek
Yashar va sir so’rab sizni qiynamas
Hayotdan muddao nima deb…

Ona tabiat.

Qish der: – Kumush qorim bor,
Qorbobo yasang!
– Gulim ko‘rkam, – der bahor,
Guldasta yasang!
Yoz der: – Suvim beg‘ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: – Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Demak, ona tabiat
Bizni der har vaqt.

Tabiat hukmi.

Tabiat haqida sherlar

«Tuf» desang, tupuk yaxlar,
Qish esa, qorni «taxlar».

Uzilmas pechda olov,
Tarasha yonar lov-lov.

Qorlar g‘irch-g‘irch qiladi,
Poyafzal qor «tiladi».

Aoiq beti «muzqaymoq»,
Endi qiyin suv olmoq.

Sovuq shamol esadi,

Yuzni tig‘siz kesadi.

Baxorga o‘rin yo‘qmi?
Yo‘q. bu tabiat xukmi.

Oz fursat o‘tib albat,
Baxorga kelar navbat!

Tabiat archasi.

Archa ko’klamni quchib
Mahkam olgandir ushlab
Ko’klam ketolmas chiqib
Undan yozu kuz, qishlar

Ko’klam archaga bandi
Qila olar nima ham?
Ahir u o’ralgandir
Sonsiz ninalar bilan.

Daraxtlar.

Goh yakka, goho to‘p-to‘p…

Daraxtlarning turi ko‘p.

Bog‘lar yaratar bog‘bon,

Chayqalar qadim o‘rmon.

Mevalimi, mevasiz,

Barini teng sevasiz.

Chunki har adl daraxt

Bolalarga tilar baxt!

Tabiat haqida sher.

Tabiatman, ona tabiat,
To‘rt unsurning doyasi o‘zim.
Quyosh porlar – bu tonggi niyat,
Buloq bo‘lib ochilar ko‘zim.

Suv va Tuproq – hayot asosi,
Olov, Havo – bari menda jo.
Hech birining yo‘qdir qiyosi,
Biroq bari aylar iltijo.

Ya’ni ular tilar omonlik
Har giyohga, har jonivorga.
Ko‘rmasin-ey olam yomonlik,
Achchiq ko‘zyosh tommasin qorga.

Dillaringiz quvonchga to‘lsin,
Odam baxti bo‘lmasin yarim.
Butun dunyo munavvar bo‘lsin,
Tabiatni asrang, do‘stlarim!

Quyosh haqida.

Quyosh haqida-Tabiat haqida sherlar

Men quyoshman, quyoshman,
Hamisha sizdek yoshman.
Zarrin nurlar sochaman,
Hosilga yo‘l ochaman.

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Tolmasin posbonimiz.
Meni qutlagay har on
Serquyosh O‘zbekiston!

Asraylik tabiatni.

Tabiatdir onamiz, inson uning farzandi,
Nojo‘ya ishimizdan zirqirar band-u bandi.
Insoniyatni siylab, baxsh etgan tarovatni,
Onamizdek e’zozlab asraylik tabiatni.

Meva tutsa mehrla goh shoxlarin chopdik biz,
Yo‘q qilib o‘rmonlarni, o‘tin qilib yoqdik biz.
Toptadik, payhon etdik aziz bilmay ne’matni,
Jabr chekar yer-u ko‘k, asraylik tabiatni.

Yosh bolamas kattamiz, xatoligin bilamiz,
Bilib turib, afsuski yomon ishlar qilamiz.
Ko‘paytirmay ertaga afsus-u nadomatni,
Es-hushni yig‘ishtirib, asraylik tabiatni!

Ifloslab oqar suvni, tashladik axlatlarni,
Ichimlik suvi yetmay, yo‘qotdik rohatlarni.
Nahotki unutdik biz azaliy qadriyatni,
Har tomchisi hayot-ku, asraylik tabiatni!

Orol yig‘lar bag‘ri xun, qum sahrodan iborat,
Bormoqdadir o‘zgarib me’yor bilmas harorat.
Befarqlikka qo‘yib chek, to‘xtatib halokatni,
Kelajak avlod uchun asraylik tabiatni!

Bari noyob jonzotlar bizdan bezib ketdilar,
Tog‘-u toshni tark etib, dilni ezib ketdilar.
Achchiq bo‘lsa-da agar tan olib haqiqatni,
Yetkazmaylik aziyat, asraylik tabiatni!

Xazon yoqib to‘ldirdik osmon bag‘rin tutunga,
Ofatlarni oshirib, foyda qildik ayt, kimga
Ortib bormoqda dardlar, yo‘qotib halovatni,
Barchamiz bo‘lib yakdil asraylik tabiatni!

Ona tabiat buyuk.

Buyuk ona tabiat,
Tilsimlaring juda mo‘l.
Bizlarga berib sabot,
Ko‘rsatasan to‘g‘ri yo‘l.

Exson kutmaymiz sendan,
Bu bizning chin so‘zimiz.
Aksincha, kashfiyotni,
Yaratamiz o‘zimiz!

Ushbu sherlar ijtimoiy tarmoqlar hamda gulxan.uz saytidan olindi.

4 Izohlar

  1. Love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I love you too baby girl I

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting