Ota haqida sher. Tasirli sherlar ota haqida sher. Otajon haqida sher bolalar uchun. Ota — bu uzoqni ko‘ra oladigan, hayotning qiyinchiliklarini yengib, farzandlarini himoya qiladigan insondir. U ko‘pincha mehnat bilan o‘z farzandlariga yaxshiliklar yaratishga, ularni yaxshi tarbiyalashga harakat qiladi. Ota tarbiya berishda, oilani qo‘llab-quvvatlashda o‘zining bilim va tajribasini ajratadi. Uning mas’uliyati va mehr-muhabbati o‘z farzandlarini turli qiyinchiliklardan asrab qolishga yordam beradi.
Ota bolalari uchun hayotdagi muhim qadriyatlarni o‘rgatadi. Ularning yordami bilan bolalar o‘zlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishadi, mehnat qilishni o‘rganishadi va muammolarga yechim topishni o‘rganishadi. Ota o‘z farzandlariga mehr-shafqat, sabr-toqat va ijodkorlik kabi qimmatli fazilatlarni namoyon qiladi.
Shuningdek, ota — bu sevgi va qo‘llab-quvvatlash manbai. U har doim bolalarining baxtli va muvaffaqiyatli bo‘lishini istaydi. Ota farzandlari bilan vaqt o‘tkazish, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish uchun doimo tayyor bo‘ladi.
Ota haqida sher.
Boshda tojim yagona qizim!
Faxr bilan aytasiz Ota!
Ikki óg’lim ikki qanotim,
Bir qanotiz xasta Ota!
Bu dardlarim balki baxtim,
Siz kuyunmang, siqilmang Ota!
Yigʻlaganim mening kulganim,
Dalda berib aldamang Ota!
Peshonada bori bu axr,
Aybimiz yóq bizni Ota!
Kunlar kelib qilamiz faxr,
Menga omad kuladi Ota!
Pinxon emas mening dardlarim,
Oshkor qilib qoʻrqmadim Ota!
Yurakda bor katta armonim,
Sizga suyanch boʻlmadim Ota!
Sizga hamrox munis Onam!
Umidingiz soʻnmasin Ota!
Xizmatizda Opam, Akam!
Gʻururingiz sinmasin Ota!
Men bechora boʻlib qolmayman,
Bir kun orzu ushalur Ota!
Shu soʻzimni aniq aytgayman,
Vada berib bajargum Ota!
Sizga Shamshod boʻldi tashvish,
Ammo gʻamgin boʻlmadiz Ota!
Bólmang sira boʻlmang xomush,
Sizdeb oʻtar umrim Ota!
Tasirli ota haqida sher – Otam
Ey umrim javhari davlatim Otam,
Dillari quyoshdur mehribon Otam,
Sizga izdoshdurman abadul-abad,
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam.
Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo,
O’tgaydur umrlar misoli daryo,
Do’st degan ulfatim bo’lsada ammo,
Bo’lolmas siz kabi dartkashim Otam.
Sizning-la bordurman ichra keng jahon,
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon,
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon,
Doimo kechirgan rahimli Otam.
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon,
Mehnat ila ayladiz siz meni inson,
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam.
Bilsangiz yurarman osmonda doyim,
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim,
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim,
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam.
Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim,
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim,
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im,
Nuri ila yoritgan jahonim Otam!!!
Otajonim omon bo’lsangiz.
Har qanday kun oʻtib ketadi,
Nigohlarim koʻklarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu koʻzlar, umrimga maʻno,
Jannatlardan bersin nur mavo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Ozor berib qildim koʻp gunoh,
Yoshlik qilib koʻp bo’ldim gumrox,
Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,
Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan koʻrasiz safo,
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo’lsangiz,
Onajonim omon bo’lsangiz.
Sizlar menga armugʻon doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo’lim ochib, yangrar duoyim:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Boʻlaman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh boʻlsin ofiyat,
Har on boʻlar dilda bir niyat:
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,
Bu soʻz mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud boʻlar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon boʻlsangiz,
Onajonim omon boʻlsangiz.
Dadam.
Sochlariga oralagan oq,
Ko’rsatganlar hayotdan saboq,
Sizni rozi qildimmi yo yoʻq?
Shu savolga qo’yarman soʻroq.
Xech kimsadan kam ham qilmagan,
Mehnat qilib sira tinmagan,
Unitgandir balki o’zini,
Ammo har dam bizni oʻylagan,
Katta yoʻlga qoʻyganda qadam,
Doyim meni qo’llagan dadam.
Yiqitganda beshavqat dunyo,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan dadam.
Siz uchun armon bo’ldim.
Mehringizni, boringizni ayamasdan,
Bolamga deb yugurdingiz yeldingiz,
Odam boʻlsin, oʻqisin deb charchadingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.
Kasal boʻlsam tabiblarga yugurdingiz,
Kechalari uxlamasdan tik turdingiz.
Alloxim, sen shifo ber, deb yosh toʻkdingiz,
Lek men sizga, onajonim nima berdim?
Siz uchun-chi, otajonim nima qildim.
Qariganda umid qilib mexru-shafqat,
Qoʻpol soʻzni oldingiz-ku mendan faqat.
Farzandimni asragin, deb panox soʻrab,
Evaziga, onajonim nima berdim?
siz uchun-chi. otajonim nima qildim.
Oqladimmi «farzand» degan buyuk nomni?
Ayadim-ku axir kulcha nonni.
Mexmon qilib yozmadim-ku dasturxonni,
Onajonim, men siz uchun nima qildim?
Otajonim, men sizlarga nima berdim?
Bolasidan ayrilgan ota.
Qiynoqlarga chidolmay abgor,
Umri oʻtdi dard bilan yota.
Koʻzyoshlari — tugalmas anhor,
Bolasidan ayrilgan ota.
Sindi sabri, tugadi toqat,
Oʻziga ham qilmadi shafqat.
Tushida ham bolasi faqat,
Bolasidan ayrilgan ota.
Oʻz-oʻzidan kechmogʻi tayin,
Sogʻinch azob berar kun sayin.
Koʻzyoshlari tomadi mayin,
Bolasidan ayrilgan ota.
Har goʻshasi dardning oʻchogi,
Yuragida armon pichogʻi.
Makonidir xasrat quchogʻi,
Bolasidan ayrilgan ota.
Ogʻir yukni kotardi, mana,
Dunyolar ham titradi yana.
Umri endi misli vayrona,
Bolasidan ayrilgan ota.
Azob berar ayriliq qoʻli,
Makonidir Mashrabning choʻli.
Nadomatga eltar har yoʻli,
Bolasidan ayrilgan ota.
Unutadi oʻzin qadrini,
Togʻlar hayron koʻrib sabrini.
Bolasini yoʻqlar qabrini,
Bolasidan ayrilgan ota.
Ota haqida sher bolalar uchun – Otalarni yig’latma hayot.
Havas qilar ahli dunyo sabotiga,
Ko’z tegmasin iymon-etiqodiga,
Dog’ tushmasin oilasin nomiga,
Otalarni yig’latma hayot.
Ayollarning makriga hech uchmasin,
Keksayganda farzandlari kechmasin,
Dilbandini tobutini quchmasin,
Otalarni yig’latma hayot.
O’gli ichib chekib xor bo’lsa,
Qizi behayo, benomus, beor bo’lsa,
Ko’zlariga keng dunyo ham tor bo’lsa,
Otalarni yig’latma hayot.
Yig’lasa ham quvonchidan yig’lasin,
Farzandlari to’ylarida o’ynasin.
Hajga borib dili ko’zi quvnasin,
Otalarni yig’latma hayot.
Ko’z tegmasin iymon etiqodiga,
Ko’z yosh yarashmaydi erkak zotiga,
Otalarni yig’latma hayot.
Otang g’animatdir.
Kel bir zum chetga sur, dunyo tashvishin,
Bir muddat oʻylama uy-roʻzgʻor ishin.
Yoʻlingga intizor eng yaqin kishing,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Otangdek inson yoʻq koʻngli oq, halol,
Topilmas onangdek mehribon ayol.
Bugun hayot boʻlsa, ertaga hayol.
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Holidan xabar ol takror va takror,
Erta ota onang topilmas zinhor.
Hatto asaldan ham shirindir diydor,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Borligi bir neʻmat, soʻzi ming hikmat,
Ularning hayoti bizga dars, ibrat.
Borib duosin ol, fursat gʻanimat,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Gar seni yoʻqlasa hozir boʻl darhol,
Xizmatin qilish hech kelmasin malol.
Erta afsus qilib yurma, quloq sol:
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang!
Otangning sochiga tushibdi qirov,
Onangning yuzlari ajindan «bezov».
Hech bergan mehringni qilmagin oʻlchov,
Otang gʻanimatdir, gʻanimat onang.
Otamni, onamni asragin olloh
Chiroyli hayotni tuxfa aylagan.
Farzandlarin shoxdek yuksak saylagan.
Oʻzini unutib bizni oʻylagan.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Xayotda goxi payt chekib zaxmatni.
Sabr va shukurda qilgan mehnatni.
Sira aytmadilar biror minnatni.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Jonini fidolar qilib yashaydi.
Baxtni quchib, gʻamni ortga tashlaydi.
Biri quyosh, biri oyga oʻxshaydi.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Xizmatida boʻlay, dunyo turguncha.
Yoshim ulgʻayibdi, qadrin bilguncha.
Men xali ularni rozi qilguncha.
Otamni, onamni asragin Olloh.
Ota haqida sher tug’ilgan kun
Siz mening savlatim, siz mening faxrim.
Ishonchli qalqonim, xayotga dalda.
Xayotda takrorsiz, eng oliy baxtim.
Tug’ilgan kuningiz bilan dada.