Ona tili haqida sherlar. Ushbu Ona tili haqida sher sizga yoqishi uchun qo’shimcha matn ham berdik. 21 oktabr til bayrami. Ona tili — har bir insonning kimligini, madaniyatini va ruhiyatini belgilovchi muhim omil. U xalqning tarixi, an’analari va qadriyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ona tili orqali biz o’z fikrlarimizni, hissiyotlarimizni ifoda etamiz, bilim va tajribalarni avloddan-avlodga o’tkazamiz.
Ona tilining boyligi va go’zalligi uni o’rganishga va saqlab qolishga undaydi. Tilimizdagi she’rlar, hikoyalar va afsonalar bizni yurtimizning o’ziga xosligini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, ona tilini yaxshi bilish nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatimizning taraqqiyotiga ham hissa qo’shadi.
Bugungi kunda ona tilimizni himoya qilish va rivojlantirish juda muhimdir. Har birimiz ona tilimizga hurmat bilan yondashib, uni kelajak avlodlarga yetkazishimiz zarur. Ona tilimizda gapirish va yozish orqali biz o’z madaniyatimizni saqlab qolamiz va unga yangi nafas bag’ishlaymiz.
Ona tili haqida sherlar.
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Ona tilim – ona tili haqida sherlar
Bilib oling : Ona tilim — quchog’imda jo’shqin,
Har bir so’zing — dilimda o’zgacha toshqin.
Qadimiy tarixim, ajdodlarimning nuri,
Sening yordamingda rivojlanar har bir turi
Iroda Umrova – Ona tilim.
Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.
Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.
Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.
Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.
Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…
O‘zbek tili haqida she’r -Rauf Parfi sheri.
Hayhot, toptaganda arab va mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili,
Boshdan ne kechirding, mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Ulug‘ tarixingga qilaman xitob,
Navoiy she’rining guli,
Kechmish zamonlarning tirik guvohi,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Seni naqadarlik sevaman, ona,
Oh, yuragimning bulbuli
Bo‘lib sayragansan go‘dak chog‘imdan,
O‘zbek tili, o‘zbek tili.
Ona tilim – Ona tili haqida sher.
Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat
Biroq sen borsan-ku Turon elinda.
Shoir, So‘z aytmakka sen shoshma faqat,
Ulug‘ Alisherning qutlug‘ tilinda.
Ul olis quyoshdir kuyinib yonar,
Olis xotirotlar o‘chmas falakda.
Haqdan, Hakiqatdan ko‘ring, kim tonar?
Dunyoviy alamning tiyg‘i yurakda.
Vatan deb atalgan beshik, onajon,
Men uchun yopilgan eshik, onajon,
Men sokin sollanib ilg‘ab borarman.
Vatan deb atalgan tobut qo‘ynida,
Chuvalgan bulutni qordek qorarman,
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.
Hech zot uza bilmas uzilgan jonni,
Haqiqatni uza bilmas hech qachon.
Elim, ona tilim, ruhimning qoni,
Bir imdod so‘rayman sendan, onajon.
Chayonzor yo‘lidir borar yo‘llarim,
Tanim yonmakdadir ishqsiz ochunda,
Ko‘klarga to‘qinar so‘ngak qo‘llarim,
Oyoqlarim mening tuproq ichinda.
Barchaning boshida birdek beomon,
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…
Mening ona tilim, munis, mehribon,
Sen Turkiy Dunyoning g‘olib xayoli —
Seni yozajakman, tirilgan jahon.
Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib.
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.
Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?!
Zanjirbandman, ona tilim Ona So‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman Senn ko‘zimga.
Men g‘arib bandangman. Bir So‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman Sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.
Farida Afro’z – Ona tilim desam.
“Ona tilim!” desam, birdan,
Turku turon bosh ko‘tarar,
Tosh bitiklar, O‘rxun xati,
Ilmu urfon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, nogoh,
Qad rostlaydi “Alpomish”lar,
“Go‘ro‘g‘li”yu “Kun tug‘mish”lar,
Qadim arkon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, yo, Haq,
Moturidiy, Zamaxshariy,
Buxoriylar qonda yoqqan
Nuri Qur’on bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, masrur,
Beruniyning qomuslari,
Ibn Sino malham tutgan,
Dardga darmon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, mag‘rur,
Yarim jahon tilga kirar,
Silsilasi zilziladay,
Sohibqiron bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, abad,
Navoiydan navo kelar,
Besh qit’aga nur taratgan,
Beshta doston bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, shahdam,
Saf tortgaydir Ulug‘beklar,
Ali Qushchi xushin olgan,
Yulduz osmon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, yo, Rab,
So‘z yonadi otash misol,
Mashrabini dorga osgan,
G‘ofil arqon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!”desam, yig‘lar,
Uvaysiylar, Nodiralar,
Momolarim nazm etgan,
Latif Ho‘qon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, o‘rtab,
Shahid ketgan Qodiriylar,
Avloniylar, Usmon Nosir,
Fitrat, Cho‘lpon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, titrab,
G‘ofur G‘ulom, Oybek, Qahhor,
Mirtemirlar umrin yegan,
Buyuk armon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, shaksiz,
Haqqim ko‘pdir dunyolarda,
Buyuklarni bot-bot bergan,
Pokiza qon bosh ko‘tarar.
“Ona tilim!” desam, endi
O‘z tilimda O‘z Bekka xos,
Men so‘z aytsam, bani bashar,
Jumla jahon bosh ko‘tarar.
Ona tilim!” desam, bugun,
Ajdodlarim, qarang, qarang,
Yana Sharqdan yangilangan,
O‘zbekiston bosh ko‘tarar.
O’zbek tili haqida sher – ona tili haqida she’rlar.
Tog‘lar, daryolarni tinglab ko‘rganman,
Yer va Osmon bilan sirlashganman ko‘p.
Mangu Shamol bilan suhbat qurganman,
Oltin bog‘lar bilan she’rlashganman, xo‘p.
Ertaklar tingladim kapalaklardan,
Gullarning tilidan tera oldim bol.
Va Ona so‘zlarni tanib olganman.
Qaldirg‘ochlar bilan so‘rashganda, hol.
Osmonlar, olamlar, toshlar, giyohlar,
Neki bor azal va abad yo‘lida.
Neki bor, so‘ylagan menga muqarrar
Sirlarini faqat O‘zbek tilida!
Hikmatlar diyori O ona tilim,
Jondek oqajaksan, tomirlarimda.
Sen ko‘nglim mehvari, sen ruhim yo‘li,
Har lahza gullaysan, satrlarimda.
Agar sen bo‘lmasang, qaydadir iqbol,
Ajdodsan, avlodsan, Vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol,
Yetaklab o‘tgan sen, onajon tilsan!
Agar sen bo‘lmasang, yurtni tanimay,
Sayoq bir it kabi o‘tib ketardim.
Hayotni tanimay, o‘zni tanimay,
Jaholat ichinda yitib ketardim.
Olamni hijjalab o‘rgatgan, sensan,
Dillarga tuyg‘ular olib kirgan sen.
Butun bir millatning manglayin silab,
Mangu Ona kabi kulib turgan sen.
Osmonlar, olamlar, toshlar, giyohlar,
Neki bor azal va abad yo‘lida.
Neki bor, so‘ylagan menga muqarrar
Sirlarini faqat O‘zbek tilida!
Ona tilim mening faxru-g‘ururim!
D.A. Karimova
Turkiy tillar ichra marjonim o‘zing,
Gavharim, durdonam onajon tilim.
Elimning tandagi jonisan o‘zing,
Senla oldim ziyo, urfon-u bilim.
Rivoj topsin deya ona tilimni,
Jon berib, jon kechgan qancha ajdodlar.
Zahmatlar evazi butun dunyoda,
O‘zbek tilda so‘zlar bugun avlodlar.
Hokisor onamning allasi bilan,
Qon bo‘lib kirgansan tomirlarimga.
Yurtimning sho‘x qo‘shiq, yallasi bilan,
Taralding Hind-u Chin, Pomirlariga.
Kuylasam Munojot, Mavrigilarni,
Jahonni sehrlar ohanging seni.
Navoiy, Qodiriy xazinalari,
Tuganmas tillo-yu boyligim meni.
Qadim o‘tmish, bugungi kunning sururin,
Bitib qo‘ydik tarix varaqlariga.
Ona tilim mening faxru g‘ururim,
Sazovorsan dunyo sharaflariga!
Ona tiliga qasida – ona tili haqida sher
Hali bashariyat murg‘ak uyquda
Bilmaganda qalam, harfu imloni.
U tog‘lar ko‘ksiga gul qilib chizdi,
Gul deya anglatdi yorug‘ dunyoni.
Odamlar qulonlar ortidan quvib
Jonlig‘ keltirganda omoch-molaga.
U buloq suvini uzatdi quyib,
Gul bargini bitib loy piyolaga.
Balki o‘sha tasvir, balki o‘sha sir
Havvoning Atoga bo‘lgan dilidir?
Bilaman, qaysi so‘z bo‘lmasin o‘sha,
U mening yuragim – O‘zbek tilidir!
Bobolar tili bu, ey Ona tilim,
Sendan kelar olis dala-dasht isi.
Uchar arg‘umoqlar qanotida sen
Qoldirgan izlarda kurashlar izi.
Sen demaysan: “O‘ldir, yondir, qasos, qon!”
Sen degaysan: “Bag‘rim, sevaman, ishon!”
Million yillik ochiq dasturxoningda
Bug‘doy so‘zu bug‘doy yuragingdir non!
Olis yulduzlarga cho‘zib qo‘lini
Zamin izlaganda yillar qa’ridan,
Yorqin tafakkurning yorug‘ yo‘lini
Topdi Ulug‘bekning jadvallaridan!
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Sayyora Samandarova,
Bobolarim shaʼn-shavkating saqladi,
Botirlaring o‘g‘lonligin oqladi,
Onam debon, jonim debon alqadi,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Goh burgutday qoyalarga urilding,
Goh xazonday yo‘l chetiga surilding,
Ming bor o‘lib, yorab, ming bor tirilding,
Ona tilim, o‘zbek tilim. o‘z tilim!
Onam bedor senda aytdi nolasin,
Durday terdi orzulari shodasin,
O‘z tili bor mag‘rur o‘zbek bolasin,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Dunyo tanir o‘zbekni o‘z so‘zidan,
Tanib olar kulib turgan ko‘zidan,
Lutf etsa gar, nur yog‘ilar yuzidan,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Sen borsanki, men ham borman, o‘lmasman,
Gullagayman,yashnagayman, so‘lmasman.
Sensiz dili xastadirman, to‘lmasman,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Navoiyning tili bo‘lsang, aylanay,
Nodiraning dili bo‘lsang, aylanay,
Har harfingga zanjirdayin boylanay,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Ulug‘landing, ulug‘laring bor, tilim,
Millatimga nomus, g‘urur, or tilim,
Sen toabad Sayyoraga yor, tilim,
Ona tilim, o‘zbek tilim, o‘z tilim!
Til haqida sherlar uzbekcha hazil.
Sherova Orzigul
Hamma sendan zo‘rdek go‘yo bilimdon,
Hayolini chulg‘ab olar har gumon,
Begonadek sezar o‘zin u har on,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.
Tushungisi kelar ammo yo‘q bilim,
Azroildek ko‘rinadi muallim,
Eh shu bo‘lsa u xohlagan bu ta’lim,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.
O‘tar kunlar tugab borar to‘rt fasl,
Ketay desa uyat deydi har nasl,
O‘zin aylar shod o‘zbekman asl,
Til bilmasa qiyin ekan talaba.
Undan ketar hatto yaqin g‘alaba.
Bolalar uchun Ona tilim she’ri
Komilova Ra’no
Yiroq asrlardan kechmishin so‘ylar
Buyuk bobolardan qolgan davlatim,
Millatim dilidan ko‘klarga bo‘ylar
Mehrdan yashnagan azim chechagim
Sen o‘zing o‘zligim, sen bilan dilim
Avlodlarga meros o‘zbegim tilim
Senda daholarning oltin saboti
Xizmati, hikmati, orzu-hayoli,
Onamning allasi, ustoz sabog‘i
Sen borsan bezavol ularning yodi
Olis Enasoydan boshlangan yo‘lim,
Ajdodlardan meros o‘zbegim tilim.
Yashna, ona tilim, boyigin so‘zga,
Navoiy, Qodiriy, Cho‘lpon qalami
So‘ylasin, Kuylasin tushmasin yerga
Rom etsin dunyoni sehring olami
Sen o‘zing o‘zligim,sen bilan dilim
Avlodlarga meros o‘zbegim tilim!
Ona tili haqida qisqa sherlar.
Ko‘rmas dema, tog‘ning ham ko‘zi bo‘ladi, do‘stim,
Oyoqlari, qo‘llari, yuzi bo‘ladi, do‘stim.
Xudo jonli-jonsizga til bitgandek go‘yoki,
Jilg‘alari, soylari – so‘zi bo‘ladi, do‘stim.
* * *
Ona tili haqida sher.
Mutloq Mulk sohibi – boydan, ona til,
Qadimdir quyoshdan, oydan, ona til.
Agar bugun seni yo‘qotib qo‘ysam,
So‘ng o‘zimni izlay qaydan, ona til.
Ona tili haqida sherlar Ushbu sherlarni tayyorlashda baxtiyor.uz saytidan foydalanildi.
Shu kabi sherlar telegram kanalimizda ham mavjud.
Katta rahmat sizlarga
Ona tilim davlat tilim she’ri
Ajoyib katta rahmat
Katta raxmat
👍👍👍👍🩷🩷🩷💯💯💯
Raxmat
🤟