Navro’z haqida sherlar, navro’z bayrami haqida sherlar. Navro’z bayrami, bahorning birinchi kuni, ko’plab Markaziy Osiyo mamlakatlarida nishonlanadi. Bu bayram tabiatning yangilanishi va yangi boshlanishlar ramzi sifatida qaraladi. An’anaviy ravishda, odamlar yangi kiyim kiyib, oila va do’stlar bilan birga to’planadilar, maxsus taomlar tayyorlaydilar, masalan, sumalak va o’zbek plovini. Tarixan, bu bayram Zardushtiylikdan kelib chiqqan va tabiatga, hayotga bo’lgan hurmatni ifodalaydi. Navro’z, shuningdek, do’stlik, mehr-muruvat va birlashuvni ta’kidlaydi
Xush kelding Navro’z.
Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko‘z.
Dillardan mutlaqo g‘ubor yo‘qolgan.
Hush kelding bahor, hush ko‘rdik navruz.
Anhorlar oqmoqda suvlarga to‘lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko‘rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo‘lib.
Xush kelding bahor, hush ko‘rdik navroz.
Navro‘zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so‘z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding bahor, xush ko‘rdik navro‘z.
Kelmoqda Navro’z – navro’z bayrami.
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
-Aana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
-Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Navro’z keldi Azizlar.
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo‘llarga
Navro‘z keldi azizlar.
Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro‘z keldi azizlar.
Vatanim Navro’zing muborak.
Yurtim! Ilhomimga sarchashma o‘zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo‘lsin Naro‘zing.
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O‘z tug‘ro, bayrog‘ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
Kulib keldi Navro’zim.
Chakkasiga gul taqib
Kirib keldi Navro‘zim
Daraxtlarga dur taqib
Kulib keldi Navro‘zim.
Dala dashtda maysalar
Salom alik aytsalar.
Qanday go‘zal ko‘rinish,
Yashillikka cho‘milish.
Doshqozonda sumalak
Boychechaklar xush darak.
Qizg‘aldoq cho‘g‘day gilam.
Sevinchdan ko‘zlarda nam.
Bolalar yayrashadi,
Qo‘shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi
Ijobatdir duosi.
Bobolar halim solar
Latifa aytib tolat
Ichakuzdi hazillar
Qiziydi sho‘x bazmlar
Elga rizq- ro‘z ulashib
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro‘zim
Yashnab keldi Navro‘zim.
Bugun Navro’z ekan – navro’z haqida sherlar 4 qator.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan.
Hamma bir-biriga jigar so‘z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan.
Bo’lsin Navro’z – navro’z haqida sher.
Qizlar gulli ro‘mol o‘rar,
O‘zlarin qilib ko‘z-ko‘z.
Zamin yangi ko‘ylak kiyar,
Kelsa Navro‘z, bo‘lsa Navro‘z.
Dilbar qizlar, jo‘rajonlar,
Erkin qanot yozing hargiz,
Hur elimga qutlug‘ ayyom
Kelsa Navro‘z, bo‘lsa Navro‘z!
Omoch haydar tinim bilmay,
Dehqon ila qo‘sh ho‘kiz,
Nasibamiz butun bo‘lar,
Kelsa Navro‘z, bo‘lsa Navro‘z.
Olloh, o‘zing asragin-yey,
Тegmasin hech yomon ko‘z.
Momolarim ruhlari shod,
Kelsa Navro‘z, bo‘lsa Navro‘z.
Boqiy Navro’z – navro’z sherlari.
Davramizga marhabo, kulib-o‘ynaymiz,
Тo abad bayramda birga quvnaymiz!
Baxt bahori kulsin bizning jahonda,
Navro‘z boqiy bo‘lsin – O‘zbekistonda!
Navro’z sayli.
Yigitlari chiroyli yurtim.
Gul qizlari chiroyli yurtim.
Aslo senga ko‘zlar tegmasin.
Bayramlari chiroyli yurtim.
Azal –azal Navro‘zjon
Bayramlarning zo‘rida.
Nuroniy chol- kampirlar
Turar davra to‘rida.
Keling Navro‘z sayliga,
Siz ham keeling mayliga.
Navro‘z nishonasi bu.
Bobodehqon ish boshlar.
Ezgu niyat bilan u.
Yeriga urug‘ tashlar.
Keling Navro‘z sayliga,
Siz ham keling mayliga.
Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o‘tmaydi.
Yalpiz somsa yopmasdan.
Aziz mehmon kutmaydi.
Keling Navro‘z sayliga,
Siz ham keeling mayliga.
Kelaqol Navro’zim.
Turfa gullar ochilib, ifor taratib,
Mayin esgan shabbodang dilni yayratib,
Erta tong qushlarni qiy chuv sayratib,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Chuchmomayu, moychechak yerga yoyilsin,
Ariqlaring anxoring suvga to’yinsin,
Keksa momolarim dildan suyunsin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Bodomlar, o’riklar qiyg’os gullasin,
Varraklar bulutlar bir bir quvlasin,
Sumalaklar ostida olov uvlasin,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Daladagi dexqonim kutgan o’zingsan,
Qorli cho’qqilardan o’tgan o’zingsan,
Ko’nglimga baytlarni bitgan o’zingsan,
Kelaqol navro’zim sog’indik seni.
Navro’zjon
Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon,
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.
Bir yon katta kurash, bir yon ko‘pkari,
Askiya aytishuv o’lanlar bari.
Sevinch bag’ishlaydi keksayu-yoshga,
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.
Navro’zim
Bog‘ bahorsiz qolmasin,
To‘kmasin tog‘ lolasin.
O‘zbekiston bag‘rida
Navro‘zlar omon bo‘lsin,
Navro‘zlar omon bo‘lsin.
Navro‘z, navro‘z, navro‘zim, Sen mening ko‘rar ko‘zim,
Sen mening aytar so‘zim, Sen mening xuddi o‘zim,
Sen mening yorug‘ yuzim.
Ushbu kabi sherlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham mavjud.
Ma’lumotlar savol-javoblar.com saytidan olindi.