Mustaqillik haqida sherlar to’plami

Mustaqillik haqida sherlar to'plami

Mustaqillik haqida sherlar to’plami. Mustaqillik – bu davlatning yoki millatning o’z-o’zini boshqarish va o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidir.Har bir xalq o’z mustaqilligini saqlab qolish uchun tarixiy, madaniy, va iqtisodiy jihatdan rivojlanishi zarur. Mustaqillikni qo’lga kiritish ko’pincha uzoq va qiyin kurashni talab etadi, lekin bu erkinlik va o’z-o’zini hurmat qilishning muhim qismidir. Davlatning mustaqilligi xalqning yagona maqsadi bo’lishi kerak, chunki bu barcha fuqarolar uchun farovonlik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

O’zbekistonim

Dema o’tib ketar sening davroning
Doim qo’limdadir mening imkonim
Dema olislarda sening osmoning
Doim qo’llar meni O’zbekistonim

Aytib bersam agar ajdodlarimni
Dema qani ular òtmishda qoldi
Kimligin unutma unday insonni
Men ham avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni

Kóp kerilma do’stim sen yoshsan dema
Òzbek yosh bo’lsaham dunyo taniydi
O’zingni bil mening ģamimni yema
Menga doim havas qilsang arziydi

Tarixga boq biroz ortinga qara
O’tib ketdi qancha kóksin kerganlar
Asl haqiqatni sen mendan so’ra
Sen turgan yurtniham Bobom qurganlar

Hech qachon sen mendan ojizsan dema
Bilgin kam emasman hech bir kimsadan
Dunyoga zórman deb ko’ksingni kerma
Balki kuchlidirman senga nisbatan

Axir avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk O’zbekistonni

Mustaqillik haqida qisqa sherlar

Mustaqillik haqida qisqa sherlar

Mustaqillik ne demak,

Ne demakdir istiqlol?

Buni bilmog’ing kerak,

Ma’nosini dilga sol.

***

O’z yurting – er, samosi.

Shahri gulshan ma’vosi.

Tongda esgan sabosi,

Tog’i, bog’i, daryosi

Endi o’z molu mulkining,

O’z qo`lingda o`z erkining.

***

Yurting nurga belanib,

Ko’rinmaydir ko`zinga,

Barcha oltin-gavxaring,

Buyursin-a o`zinga.

***

Endi o`zingga bog`liq,

Ne ekib ne o`rmog`ing.

Olqishlar seni borliq,

Zarur erur bilmog`ing.

***

G`ururing solib dilga,

Tezroq ulg`ay top kamol.

Erka farzandsan elga

Senikidir istiqlol.

Men nechun sevaman o’zbekistonni

Men nechun sevaman o'zbekistonni

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!

Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?

Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:

Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?

Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!

Vatan – Mustaqillik haqida sherlar to’plami

Dilingizda bo‘lsin quvonchi g‘ami,
Kitoblarda emas, qog‘ozda emas.
Bo‘zda yashaysizmi, Buxorodami,
Siz bilan barobar u olsin nafas.

Bolangizni belab qo‘ying tush payti,
Tollar belanchakni uchirsin ko‘kka.
Ammo siz boshida allalar ayting,
Vatan tuyg‘usini soling yurakka.

Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g‘am solganda larza,
Ayting, oq ko‘ylakli tonglar otganda.

Janozada yig‘lab allalar ayting,
Ayting, shuurlaru kurashlar aro.
Toki qalbimizda jo‘sh urgan tuyg‘u
Farzandlar qalbida bersin aks-sado.

Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, allang — xotirang.

Beruniy yulduzi, Sino kahkashoni
Falakdan yo‘limiz yoritib boqsin.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Farzandlar qalbida jo‘sh urib oqsin.

Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,ifikrlarni yoritsin surur,
Dillarni charog‘on etsin Navoiy
Qalami taratgan hikmatli shuur.

Mirzo Ulug‘bekning rasadin toqi,
Yurgan yo‘limizga nurlar to‘shasin,
Vatan deb jon bergan har botir xoki
Dilda nafas olsin, dilda yashasin.

Vatan – yurakdagi quvonch, qayg‘u, shasht,
Uni tirik saqlar yurakdagi sas.
Vatan – bamisoli quyoshga o‘xshash,
Vatan ham odamdek oladi nafas.

Muqaddas so’zim – Vatandir

Muqaddas so'zim - Vatandir

Ko‘ngil kimni sevsa, u ko‘zda turar,
Necha boqmasin ko‘z, yana orzular.
Dil orzu-tilagi nima bo‘lsa gar
Og‘izga so‘zga ochgach u tilga chiqar.

O’zbekistonim senga

Aylayin qalbimni tortiq nurli
bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu
jonim senga.
Bebahosan, asragayman
gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda,
sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir,
lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak
onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz,
kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im,
shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y
qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan,
do‘stu mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman,
mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki
imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qo‘lda
torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman,
O’zbekistonim, senga.
1993
Abdulla Oripov

Mustaqillik muborak bo’lsin

Mustaqillik muborak bo'lsin

Do`ppingizni ko`kka oting,
Orzu osmoniga eting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak, mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho`x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak, mustaqillik kun muborak.

Yangi O’zbekiston

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
Musallo deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovrug’ soldi ustoz Olimjon,
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Vatanim haqida

Dunyo kezib goʼzal-goʼzal yurtlar koʼrdim,
Jannatmonand oʼlkalarda hayron yurdim,
Аmmo, sendek yuragimga aziz bzlgan
Biror yurtni topolmadim, ona yurtim!

Men noningdan shirinroq non topolmadim,
Men nomingdan azizroq nom topolmadim,
Shoningdan ham yuksakroq topolmadim,
Tarixlarda nomi yuksak, ona yurtim!

Xoru xasing azizroqdir javharlardan,
Tuprogʼingning gardi laziz gavharlardan,
«Dunyo koʼrki menman» degan shaharlardan
Siqimgina xoking aziz, ona yurtim!

Istiqloling muʼtabardir onamdayin,
Bamisoli onam aytgan alladayin,
Аjdodlarim qoni tomgan daladayin,
Muqaddassan, mukarramsan, ona yurtim!

Shukrona ayt

Shukrona ayt

Sajda ayla! Cho‘k muqaddas tuproqqa tiz,
Qoldir ko‘ngil ko‘chasida nurafshon iz,
O‘zligingni qilmoq uchun bir lahza his,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

O‘tgan kuning, bugunga boq, ertangga boq,
Yo‘llaringda yonsin umid yanglig‘ chiroq,
Toki olam ichra bordir vaslu firoq,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Kin, g‘arazlar qalbni aylar nochor, yupun,
Iymoningni iblislardan asra butun,
Muqaddas yurt kelajagin ko‘rmoq uchun,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Bolam deya, yurtim deya kuygan bu el,
Danagidan mag‘zin ustun qo‘ygan bu el,
Millatini, o‘zligini suygan bu el,
Shoshil, do‘stim, shukrona ayt, shukrona ayt!

Ushbu maqolalar internetdan olingan sherlar bilan boyitildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting