Yangi yil haqida sherlar. Shu maqolada siz bolajonlar uchun yangi yil bayrami uchun sherlarni taqdim etamiz. Keling birgalikda yangi yilni nishonlaymiz.
Yangi yil munosabati bilan tilaklar:
- Baxt va Sog’liq tilayman
Yangi yil sizga va oilangizga baxt, sog’liq, omad va farovonlik olib kelsin. Har bir kuningiz shodlik, quvonch va muvaffaqiyat bilan to’lsin! - Orzularingiz ro’pg’iga yeting
Bu yangi yilda barcha orzu-umidlaringiz ro’yobga chiqsin. Har bir qadam yo’lingizda yangi imkoniyatlar olib kelsin! - Do’stlik va mehr-muhabbat bilan to’lsin
Yangi yil sizga yaqin do’stlar, samimiy tabassumlar va qalbni quvontiruvchi uchrashuvlar olib kelsin. Mehr-muhabbat sizni doimo qamrab tursin! - Muvaffaqiyat va omad tilayman
Ishlaringizda muvaffaqiyat, o’qishingizda ulkan yutuqlar, kelajakda esa ulkan marralar sizni kutib tursin. Har bir kuningizdan unumli foydalaning! - Yangi boshlanishlar uchun omad
Eski yillarni ortda qoldirib, yangi yo’llarga qadam qo’yayotganingizda omad siz bilan birga bo’lsin. Har bir yangi kun siz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi! - Samarali va farovon yil tilayman
Yangi yil sizga nafaqat omad, balki tinchlik, farovonlik va yangi imkoniyatlar keltirsin. Har bir rejangiz amalga oshsin!
Yangi yil sizga omad, quvonch, yangi orzu va yo’llar olib kelsin! 🌟🎉
Qish haqida sherlar Yangi yil haqida boshqa Qor haqida sherlarQor – Yangi yil haqida sherlar.
Hamma kutib intizor
Yog’ayapdi endi qor
Yog’sangchi sen gala-gala
Xursand bo’lar barcha bola
Qorga to’yinsin dala
Yasaymiz biz qorbola
Yaxmalak uchamiz xo’p
Qor yog’aqol Juda ko’p
Qor Juda chiroylisan
Oppoq zarga o’xshaysan
Lekin bizni aldaysan
Yog’may birdan to’xtaysan
Qish qishliging qilaqol
Vaqtida sen yog’aqol
Oq bulutlar ichidan
Bizga tezroq kelaqol.
Archa haqida.
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Keldi yangi yil – yangi yil haqida sherlar 2023.
Hammayoqda shodlik kulgu,
Gul tabassum yuzlarda,
Urra yangi yil keldi-ku,
Quvonch nuri ko’zlarda.
Bezatilgan yashil archa,
Chiroqlar nur sochgan,
Osilgan shar qor parcha,
Atrof gul chiroy ochgan.
Ana Qorbobo Qorqiz,
Xursand barcha o’g’il qiz,
Kim qo’shiq,kim she’r aytar,
Sovg’alar olib qaytar.
Qor kiyingan archalar.
Qor kiyingan archalar,
Oq qalpoqqa o’xshaydi.
Yaltiroq shox-shabbalar,
Jez taroqqa o’xshaydi.
Muz qotgan ariqchalar,
Zar belbog’ga o’xshaydi.
Sumalaklar — qandillar,
Muz chiroqqa o’xshaydi.
Qor ustida qarg’alar,
Qora dog’ga o’xshaydi.
Yo oq qog’ozga tomgan,
Rang — siyohga o’xshaydi.
Fe’li sovuq izg’irin,
Ko’p chatoqqa o’xshaydi.
Quvib solar hammani,
Urto’qmoqqa o’xshaydi.
Qor (bolalar uchun sheʼr) – assalom yangi yil.
Аtrof qor, qish faslida,
Murod agʼanar qorda.
Yumshoq qorning ustida,
Dumalash juda zoʼrda.
Lekin baxor kelganda,
Qorlar erib ketadi.
Bugʼ boʼlib parlanganda,
Yerga singib ketadi.
Bu tabiat qonuni,
Bunga nima xam dersiz.
Koʼrib quyosh nurini,
Erib ketadi esiz!…
Bizni telegram kanalimizda sherlar ko’p. Tezda qo’shilib oling.
Ushbu sherlar telegramdan olindi.
Assalomu aleykum sh’erlar uchun raxmad
Assalomu aleykum sh’erlar uchun rahmad sizga
Zõr sherlar bor ekan raxmat
Zo’r sherlar ekan o’qib maza qildim
Assalomu alaykum hammaga qalesila menga sherlar yoqdiyu lekin katta yoshlilar ha tugri kemasi ekan
Assalomu alaykum juda chiroyli sher menga juda yoqdi men juda hursandman bu sherni oʻqiganimdan keyin yangi yilni hayajon bilan kutyapman men hammaga kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman
Assalomu aleykum sherlar uchun raxmat juda zòr ekan
SHerlar juda zo’r ekan
Zzzzzzzzzo’o’o’o’o’o’o’o’o’rrrrrrrr
Nima……….
Salom sherlar uchun katta rahmat
Juda zur she’rlar ekan qoyil
Qorbobo haqida sher yoqmi
Zoʻr deganlar bitta like
Zoʻr deganlar bitta like💗🧕🏻
Menga juda yoqdi🥰🥰🥰🥰🥰🥰😍😍😚☺️😗😘🤩🤗🤗🤗
ZO’R SHERLAR EKAN
Yosh bolalargaku bu sherlar