Harbiylar va askarlar haqida sherlar. Harbiylar Vatanimizning mustaqilligi va xalqimizning tinchligi uchun mardona xizmat qiladigan qahramonlardir. Ular chegaralarni himoya qilish va davlat xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Harbiylarning matonati va fidokorligi tufayli biz osoyishta hayot kechirmoqdamiz. Ular favqulodda holatlarda ko‘makka kelib, minglab insonlarning hayotini asrab qoladilar.
Harbiylar haqida sherlar
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha,
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men,
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga ko‘ngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
O‘zbekiston askari – Harbiylar va askarlar haqida sherlar
Tomirda qaynoq qoning,
Qadrlidir xar oning,
Oshgay shuxrat va shoning —
O‘zbekiston Askari!
Ardoqlagin Vatanni,
Bag‘ishlab jonu tanni,
Yo‘latmagin dushmanni,
O‘zbekiston Askari!
Ozod yurtim bor, deb ayt,
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Faxr aylab bitgum bayt —
O‘zbekiston Askari!
Mart o‘g‘lonlar vatan deb
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo O‘zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
O‘zbekdan sayyoxlarga,
Kerakmas taklif noma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Bizlar jajji askarlar
O‘n to‘rtinchi yanvarga sovg‘a
«Armani» ko‘ylagimi,
Yonida-chi bo‘yinbog‘.
Juda ko‘p o‘ylar kelur,
Mayli, qilmay istilox.
Ularga yaxshi sovg‘a —
Avvalambor o‘zimiz.
Go‘zal tabassumimiz,
Shiringina so‘zimiz.
Harbiylarning jamiyatda foydasi.
Harbiylar jamiyat va davlat uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan insonlardir. Ularning foydalari quyidagi jihatlarda o’z aksini topadi:
1. Vatan himoyasi va xavfsizlik
- Harbiylar mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qilishadi va tashqi xavflarga qarshi qalqon bo‘lib xizmat qilishadi.
- Ularning doimiy tayyorgarligi dushman hujumlarini qaytarish va xalqning tinchligini saqlashga qaratilgan.
2. Favqulodda holatlarda yordam
- Tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, bo‘ron kabi) sodir bo‘lganda harbiylar birinchi bo‘lib yordamga yetib kelishadi.
- Qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirib, minglab insonlarning hayotini saqlab qolishadi.
3. Xavfsiz hayot uchun tartib o‘rnatish
- Terrorizm, jinoyatlar va noqonuniy harakatlarga qarshi kurashda faol ishtirok etishadi.
- Chegara xavfsizligini ta’minlash orqali noqonuniy harakatlar oldini olishadi.
4. Milliy birlikni mustahkamlash
- Harbiy xizmat milliy birlik va vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytiradi. Ular xalq va davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashadi.
5. Ilm-fan va texnologik yutuqlarga hissa qo‘shish
- Harbiy soha yangi texnologiyalarning rivoji uchun maydon yaratadi. Dronlar, sun’iy yo‘ldosh tizimlari, internet texnologiyalari kabi innovatsiyalar harbiy ehtiyojlardan kelib chiqib yaratilgan.
6. Xalqaro mavqeni mustahkamlash
- Harbiylarning professionalligi va tayyorligi davlatning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi. Xalqaro tinchlik missiyalarida ishtirok etib, davlatga nufuz keltiradi.
7. Jismoniy va ruhiy yetuklik namunasini ko‘rsatish
- Harbiylar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladilar va jamiyat uchun namunali shaxslar bo‘lishadi.
8. Ekstremal vaziyatlarda o‘rgatish
- Harbiylar tinchlik davrida aholiga o‘zini himoya qilish, birinchi yordam ko‘rsatish kabi zarur ko‘nikmalarni o‘rgatishadi.
Xulosa: Harbiylar davlatning suyanchi va xalqning qo‘riqchisidir. Ular nafaqat tinchlikni ta’minlashda, balki favqulodda vaziyatlarda ham xalqning tayanchiga aylanadi. Ularning hissasi cheksiz va beqiyosdir.
Ushbu she’rlar savol-javob.com saytidan olindi.
Yaxshi😄
👍👍👍
Hamidova
Puq