Fanlar haqida sherlar to’plami

Fanlar haqida sherlar to'plami

Fanlar haqida sherlar to’plami.  Maktabdagi fanlar o’quvchilarga dunyoni turli nuqtai nazarlardan tushunishga yordam beradi. Har bir fan o’zining o’ziga xos qoidalari va usullari bilan bilimlarni kengaytiradi. Masalan:

  1. Matematika sonlar va formulalar yordamida muammolarni yechishga o’rgatadi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
  2. Fizika tabiat qonunlarini tushuntirib beradi, moddalar va energiya o’rtasidagi aloqalarni o’rganadi.
  3. Biologiya hayotning turli shakllarini va ularning funksiyalarini o’rganadi, tirik organizmlarning tabiiy holatini tahlil qiladi.
  4. Tarix insoniyatning o’tmishini o’rgatadi, tarixiy voqealar va shaxslarni tahlil qilish orqali bugungi kundagi ijtimoiy tizimlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Ushbu fanlar haqida sherlar to’plami bolalar uchun.

Ona tili fani haqida sher

Har bir harf , bo’g’indan
Tuzamiz turli so’zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko’zlar.

Til haqida sherlar Ona Tili haqida sherlar

O’qish fani haqida sher

She’r , hikoya , ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.

Matematika fani haqida sher

Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.

Tabiatshunoslik fani haqida sher

Atrofimizdagi olam ,
Bu— biz ucun tabiat.
Tuproq , suv — bizga ona ,
Oldik undan tarbiya .

Tasviriy san’at fani haqida sher

Tasvirlaymiz olamni ,
Musavvirmiz o’g’il-qiz .
Sir-asrorin o’rganib ,
Olamiz chuqur ildiz .

Musiqa fani haqida sher

Notalar bor do, re,mi ,fa…
Qarang qanday jarangli-ya.
Chalsak rubob yoki doira ,
Notalar bo’lar shoira .

— Ro’zimurod Bolqiyev


Matematika fani sherlar

Bo‘linuvchi, bo‘luvchi,
Qani, bo‘linma toping.
O‘nni o‘nga bo‘lganda
Bir bo‘lar, shuni biling.

****

Karra jadvalni bilsang,
Ko‘paytirish oson ish,
Yodda tutgin, hayotda
Hisob kerak yoz-u qish.

****

Kamayuvchi, ayriluvchi,
Hosil bo‘lar ayirma,
Yuzdan saksonni ayir
Javob bo‘lar yigirma.

*****

Uchga to‘rtni qo‘shamiz
Javobi bo‘lar yetti.
Shunday oson topilar
Qo‘shishda har yig‘indi.

*****

Arifmetik to‘rt amal,
Qo‘shish hamda ayirish,
Mulohazaga chorlar
Bo‘lish va ko‘paytirish.

*****

Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq.
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq!

*****

Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil.
Sodda, qiyin masala,
Yechishga to‘pla aql.

*****

Ko‘paytirish jadvalin
Ikkilanmasdan yodla,
O‘lchov birliklarini
Yoddan aytgin baralla.

****

Til haqida sherlar Ona Tili haqida sherlar

Matematika fani sherlar

Bitta-bitta qo’shib chiq
Men aytajak so’zlarni!
Ota, ona, qo’shnilar,
Aka, uka, do’stlarni.

Opa, singil, amaki,
Tog’a, xola, ammani.
Bir-bir qo’shib boraver
Bobo, buvi — hammani.

Maktab plyus mahalla,
Qirlar, soylar, buloqlar,
Yana qo’shuv bir gala
Sigir, echki, uloqlar.

Ularga qo’sh hovlini
Qozon, o’choq va tandir.
Barining yig’indisi,
Bilsang, ona Vatandir.

Ma’lumotlar myfarzand.uz platformasi yordamida tayyorlandi.

3 Izohlar

  1. Zo’r sherlar ekan Menga juda yoqdi
    ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿💯💯💯💯💯💯💯💯💯💯💯💯🥰😍🥰😍🥰😍🥰😍🥰😍🥰😍🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting