Davlat madhiya haqida sherlar to’plami. «Madhiya» so‘zi odatda turli tillarda «madhiya» deb ataluvchi janrni anglatadi. Bu janr biror mavzu, shaxs, davlat, yoki boshqa buyuk narsalarning ulug‘vorligini, hurmatini va e’tiborini oshirish maqsadida yoziladi.
Madhiya haqida qisqacha ma’lumot:
1. Qabul qilinishi:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan.
2. Matni va musiqasi:
- She’r muallifi: Abdulla Oripov (O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zbek she’riyatining atoqli vakillaridan biri).
- Musiqa muallifi: Mutal Burhonov (mashhur o‘zbek bastakori).
3. Madhiya mazmuni:
- Madhiya O‘zbekistonning qadimiy tarixi, tabiatining go‘zalligi, milliy boyliklari va kelajagi haqida so‘z yuritadi.
- Millatning birligi va mustaqilligini ulug‘laydi, shuningdek, ona yurtnik sevish va uni himoya qilish kabi ma’naviy fazilatlarni madh etadi.
4. Madhiyaning ijro qilinishi:
-
-
- Davlat madhiyasi davlat tadbirlari, milliy bayramlar, xalqaro anjumanlar va boshqa muhim voqealarda ijro etiladi.
- U aholi uchun davlat va milliy ramz sifatida muhim ahamiyatga ega.
-
Madhiya haqida sherlar to’plami.
Assalom Ona yurt, go’zal tonglar o’lkasi,
Ta’rifu tavsifingni yo’q nihoyasi
Har yurak, har dil, har qalb kuylasin,
Jaranglagin tillarda Yurtim madhiyasi.
Madhiya matni – madhiya haqida sher
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Yoshlar madhiyasi.
Yoshmiz, dilimizda ezgu ahd bo’lgay,
Har yurakda shiddat bo’lgay, shahd bo’lgay!
Yurtboshimiz ko’rsatgan yorugʻ yo’lda,
Manzilgacha yo’ldoshimiz baxt bo’lgay!
Vatan bizdan kutmoqda buyuk ishlar,
Bu ishonchdan jo’shar ishtiyoqimiz!
Bunda jamdir Barchinoy, Alpomishlar,
Ko’ksi baland «Yoshlar ittifoqi»miz!
Har ko’ngilni chaman etmoq uchun ham,
Gullashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Buyuk kelajakka yetmoq uchun ham,
Birlashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Eng ulugʻ muhaddis — Buxoriy bobo!
Yetti yoshida “Mantiq ut-tayr”ni,
Yod olgan kim? Bizning Navoiy bobo!
Bolalikdan asov otni egarlab,
Doim zafar quchgan Temur bobomiz!
O’n ikki yoshida taxtni egallab,
Yurt boshqargan bizning Bobur bobomiz!
Ajdodlardek yorugʻ yuz bo’lmoq uchun,
Nurlashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Dunyo ko’rib qo’ysin biz yoshlar kuchin,
Birlashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Bu kun jahon maydonida ko’p yoshlar,
Bo’lmoqdalar ajdodlarga munosib!
Ular yurtni marralar sari boshlar,
Beruniylar bosgan izlarni bosib!
Yurt bayrog’in Kubroday mahkam tutib,
Yuksaklarga qadar uchgan yoshlarmiz!
Boradirmiz, turmaymiz baxtni kutib,
Har jabhada zafar quchgan yoshlarmiz!
Dunyo bilan barcha tilda birma-bir,
Tillashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Vatan qadrin birdamlik ko’targaydir,
Birlashaylik, O’zbekiston yoshlari!
Botirjon Ergashev.
Bolalar haqida sherlar Vatan haqida sherlar Bayroq haqida sherlarDavlat madhyisi yangragan mahal.
Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi
Chunki, osonlikcha erishgan emas,
Bu baxtga jafokash, mard o’zbek xalqi
Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Esla, ajdodlaring shavkat-u shonin.
Tarannum etgaydir, bu buyuk g’azal,
Asl insoniylikning oliy nishonin
Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Tosh qotgin, ko’ksingni tog’dayin kerib
Zero, bu baxt uchun kurashgan azal,
Ne-ne mard o’g’lonlar jonini berib.
Davlat madhiyasin yangratib ko’p bor,
Hayratga to’ldir bu keng dunyolarni
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.
Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O’ng qo’ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo’rg’oniga qalqon askarday,
“Yuraging doim o’z rostida tursin.
Davlat madhiyasi yangragan mahal
Har kuni jaranglaysan – madhiya she’ri
Yosh qo’shilsin yoshinga,
Xumo qo’ndi boshinga,
Keng jahonda yangraysan,
Har kuni jaranglaysan
Abdulla Orifning so’zi,
Xalqimning ko’rar ko’zi,
Shanimiz g’ururimiz,
Qalbdagi sururimiz.
Dilimizda madhiya,
Tilimizda madhiya,
Bolajonlar bo’ylashar,
Tongda seni kuylashar.
Xalqim yuragidasan.
Ezgu tilagidasan
Omon boʻl mangu bor bo’l
Elga hamroh bo’l yor bo’l.
Gulchehra Otamurodova.
O’zbekiston ramzlar
Bobom uqtirgan takror
Istiqlol bu – baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.
Bugun dadam berar dars
Asramog’ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.
Ma’lumotlar ving.uz saytidan olindi. Hamda bolajonlar uchun sherlar telegram kanalidan olindi.