Bolalar uchun sherlar. Bolalar sherlar toplami. Bolalar uchun she’rlar o’qitish va ularga taqdim etish bir qancha muhim ahamiyatga ega:
- Til rivoji: She’rlar bolalarning lug’atini kengaytiradi, talaffuzini yaxshilaydi va nutq rivojiga yordam beradi.
- Ijodkorlik: She’rlarni o’qish va yozish bolalarning tasavvurini kengaytiradi va ijodiy fikrlashini rag’batlantiradi.
- Emotsional rivojlanish: She’rlar orqali bolalar his-tuyg‘ularni ifodalashni, empatiya va hissiyotni rivojlantirishni o‘rganadilar.
- An’analar va madaniyat: She’rlar bolalarga milliy an’analar, qadriyatlar va madaniyatni o‘rgatadi.
- Eslatmalar va ta’lim: Ko’plab she’rlar o’quvchilarni tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi mazmunga ega, bu esa axloqiy qadriyatlarni shakllantiradi.
- Qiziqish va zavq: She’rlarni o‘qish bolalar uchun qiziqarli va zavqli bo‘lib, ularning o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.
- Yod olish: She’rlarni yodlash bolalarning xotirasini kuchaytiradi va ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Umuman olganda, bolalar uchun she’rlar ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo’lib, ularning o’sishida muhim rol o’ynaydi.
Mehribon oyijonim – Bolalar uchun sherlar.
Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
Matematika.
Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.
Vatan haqida – Bolalar sherlar toplami.
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
— Miraziz A’zam
Tinch bo’lsin osmonimiz.
Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.
Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,
Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
O’zbekiston qomusi.
O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
–O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!
Matematik sherlar – Bolalar uchun sherlar.
Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq.
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq!
Bahor haqida bolalar uchun sherlar.
Kuchli janub quyoshi
Jilg’a qildi kir qorni.
Daraxtlarda kurtaklar
Kutib yotar bahorni.
Majnuntolning sochlari
Suvga qarab sollandi.
Jo’shqin soyning mavjlari
Kun nurida tovlandi.
Har bir giyoh talpinar,
Qo’shiq aytar har irmoq.
Jajji izlarni olib
Chopqillaydi yo’l, so’qmoq.
— Nurulloh Oston
Shifokor kasbi haqida.
Dard bor joyda darmon bor
Buni bilar shifokor,
Shundan kim bo‘lsa bemor
Tuzatishga u tayyor.
Tulki haqida sher.
Mendirman o’sha tulki,
Bo’lganman juda kulgi.
Tovuq-xo’roz o’g’risi,
Ayyordirman to’g’risi.
Dumim bor ancha uzun,
Dam olaman kunduzi.
Bo’lsa ham-ki, kun sovuq,
Ovdaman, o’ljam tovuq.
Dashtda.
Dashtda sabza barq urdi,
Qaldirg’ochlar charx urdi.
Soy suvlari shovullar,
Qizg’aldoqlar lovullar.
Oppoq tongning nafasi,
To’rg’ayning nozli sasi
Oh, naqadar gashtlidir,
Men qo’msagan dasht shudir!
— Nurulloh Oston
Ushbu sherlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi. Shu kabi sherlar telegram kanalimizdan ham yuklab oling.
Juda zo’r ekanda. Rahmat
Zo’r ekan
Sherlar juda ham oddiy
Voy uzur pasta qaramapman Yana sherlar bor ekan
BNDNFGHJ
👍👍👍🏼🖕🖕
👍👍👍🏼👍🏼👍👍🏼👍
Yaxshi
Rahmat
🤞🤞🤞🤞🤞🤞🤞🤞
👎👎👎👎👎👎